Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar 
Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish oʻrniga, davlat 
ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy ragʻbatlantirishlarni moslashtirishda 
bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval 
koʻrganimizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa 
tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi 
ta’sirlarni oʻzlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta'sirlar bilan 
shugʻullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi. 
Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori boʻlgan iqtisodchi Artur 
Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal 
tuzatuvchi soliq salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi xarajatlariga teng 
boʻladi va ideal tuzatuvchi subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi 
foydasiga teng boʻladi. 
Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yoʻli sifatida 
tuzatuvchi soliqlarni afzal koʻrishadi, chunki ular jamiyat uchun kam 
xarajatda ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini koʻrish 
uchun, keling bir misolni koʻrib chiqaylik. 
Faraz qilaylik, ikkita korxona – qogʻoz ishlab chiqaruvchi va poʻlat 
ishlab chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. 
EPA bu ifloslanish darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni 
koʻrib chiqadi: 

Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har 
bir zavodga yiliga 300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin. 


355 

Tuzatuvchi 
soliq: 
EPAhar 
bir 
zavod 
chiqaradigan 
chiqindining har bir tonnasi uchun soʻm50,000 dan soliq undirishi 
mumkin. 
Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa 
ifloslanishni kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy 
tayanch boʻladi. Qaysi yechimni yaxshiroq deb, oʻylaysiz? 
Koʻpchilik iqtisodchilar soliqni afzal koʻradi. Bu afzallikni 
tushuntirish uchun, ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini 
kamaytirishda tartibga solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. 
EPA tegishli darajada soliq joriy etish orqali oʻzi istagan ifloslanish 
darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha yuqori boʻlsa, ifloslanishni 
kamaytirish shuncha katta boʻladi. Soliq yetarlicha yuqori boʻlsa, 
fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar. 
Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga 
qodir boʻlsa-da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. 
Tartibga solish har bir zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni 
kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng kamaytirish suvni tozalash uchun 
arzon yoʻl emas. Qogʻoz zavodi poʻlat zavoddan koʻra ancha past 
xarajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, 
qogʻoz zavodi soliq toʻlashning oldini olish uchun ifloslanishni katta 
miqdorda 
kamaytirishi 
mumkin, 
poʻlat 
zavodi 
ifloslanishni 
kamaytirishga kam harakat qilib, soliqni toʻlab qoʻya qoladi. 
Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qoʻyadi. Bozorlar 
tovarlarni eng yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi 
soliq ham ifloslanishni kamaytirishda eng yuqori narxga koʻnadigan 
fabrikalar ifloslantirish stavkalarini ajratadi. EPA qaysi ifloslanish 
darajasini tanlashidan qat’iy nazar, u soliq yordamida eng past umumiy 
xarajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin. 
Iqtisodchilar 
tuzatuvchi 
soliqlar 
atrof-muhit 
uchun 
ham 


356 
yaxshiroqdir deb aytishadi. Buyruq-va-nazorat tartibga solish siyosati 
ostida, fabrikalar uchun ular 300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi 
chiqarishni kamaytirish uchun hech qanday sabab yoʻq. Aksincha, soliq 
fabrikalarni toza texnologiyalarni rivojlantirishga undaydi, chunki toza 
texnologiya zavod toʻlashi kerak soliq miqdorini kamaytiradi. 
Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. 8-bobda 
muhokama qilinganidek, aksariyat soliqlar ragʻbatlantirishni buzadi va 
resurslar taqsimotini ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi. 
iqtisodiy farovonlikdagi kamayishi, ya’ni iste'molchi va ishlab 
chiqaruvchi 
ortiqchaligida, 
hukumat 
koʻtaradigan 
daromadlar 
miqdoridan oshib ketadi, natijada yoʻqotishlarga sabab boʻladi. 
Aksincha, tashqi ta’sirlar mavjud paytda, jamiyat ham zarar koʻrgan 
boshqa odamlar farovonligi haqida ham qaygʻuradi. Tuzatuvchi 
soliqlar tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarni 
taqsimoti ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashishini ta’minlaydi. Shunday 
qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat uchun daromad oshirish bilan bir 
vaqtda, ular iqtisodiy samaradorlikni ham oshiradi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish