347
chiqarilgan har bir alyuminiy birligi uchun
ijtimoiy xarajat alyuminiy
ishlab chiqaruvchilari xususiy xarajatlaridan tashqari ifloslanishdan
zarar koʻrgan kishilar xarajatini ham oʻz ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy
ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatini koʻrsatadi. Ijtimoiy xarajat
chizigʻi taklif chizigʻidan yuqori, chunki u
alyuminiy ishlab
chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi xarajatlarni ham
hisobga oladi. Ushbu ikki chiziq oʻrtasidagi
farq chiqarilgan
ifloslantirish xarajatini aks ettiradi.
Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu
savolga javob berish uchun biz yana bir marotaba koʻngli keng ijtimoiy
reja tuzuvchi (planner) nima qilishini koʻrib chiqamiz. Reja tuzuvchi
bozordan keladigan umumiy ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun
alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab chiqarish
xarajati ayrilganini
oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi alyuminiy ishlab
chiqarish xarajati ifloslanish tashqi xarajatlarini ham oʻz ichiga olishini
tushunadi.
Reja tuzuvchi talab chizigʻi bilan ijtimoiy xarajat chizigʻi kesishgan
darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi.
Bu oraliq jamiyat
umumiy vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi.
Ushbu ishlab chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun
alyuminiy qiymati (talab chizigʻi balandligi bilan oʻlchangan holda) uni
ishlab chiqarish ijtimoiy xarajatidan (ijtimoiy xarajat chizigʻi balandligi
bilan oʻlchangan holda) oshib ketadi. Reja tuzuvchi bu miqdordan
ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qoʻshimcha alyuminiy ishlab
chiqarish ijtimoiy xarajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib
yuboradi.
E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Q
bozor
ijtimoiy
maqbul miqdor – Q
maqbul
dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab
chiqarish xususiy xarajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib
348
chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab
chiqarish ijtimoiy xarajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Q
bozor
da,
talab chizigʻi ijtimoiy xarajat chizigʻidan past boʻladi.
Shunday ekan,
alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan
pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi
mumkin? Bir yoʻli sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy
ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi boʻladi. Soliq oʻzining miqdorida
alyuminiy taklif chizigʻini yuqoriga koʻtaradi. Agar soliq atmosferaga
chiqarilgan tutunning tashqi
xarajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif
chizigʻi ijtimoiy xarajat chizigʻi bilan bir toʻgʻri chiziqda yotadi. Bozor
yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni
ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.
Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni oʻzlashtirish deb
nomlanadi, chunki u bozorda sotuvchi va xaridorlarni oʻz ishlari tashqi
ta’sirlarini hisobga olishga undaydi. Alyuminiy
ishlab chiqaruvchilar
odatda qancha alyuminiy taklif qilishi haqida qaror qabul qilishda
Muvozanat
Maqbul holat
Tashqi
xarajat
Taklif
(xususiy xarajat)
Talab
(xususiy qiymat)