338
2-rasm.
Erga talab
Bu erda qishloq xoʻjaligi uchun boʻlgan talab chizigʻi
manfiy
yotiqlikka ega. Nega deganda, er unumdorligining kamayish qonuniga
asosan, mavjud texnika va texnologiya oʻzgarmaganda foydalaniladigan
erning
ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi.
D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari er unumdorligining kamayish
qonunini keng tarqalishida muhim rol oʻynagan.
Noqishloq xoʻjalik sohalarining erga boʻlgan talab chizigʻi ham
manfiy yotiqlikka ega. Bu erda ham qurilish uchun nafaqat shahar
ichidagi erlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi
erlardan ham foydalanishga toʻgʻri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq
xoʻjaligi bilan bogʻliq boʻlmagan sohalar uchun erga boʻlgan
talab
oʻsish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab oʻz ichiga uy-joy qurish uchun
boʻlgan talabni, infratuzilma obyektlari uchun va sanoat obyektlari
qurish uchun boʻlgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori
boʻlganda koʻpchilik ortiqcha pulini er sotib olishga sarflaydi (erga
boʻlgan inflyatsion talab). Shuning uchun ham er boylikni saqlash va uni
ortishini ta’minlash obyekti sifatida qaraladi. Noqishloq xoʻjalik erlarga
talab erning hosildorligiga bogʻliq boʻlmay, koʻproq
uning qulay
joylashuviga (shaharga yaqin) bogʻliqdir. Odatda shahar markazlaridagi
er narxi yuqori boʻladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa uning
narxi kamayib boradi.
P
сўм, гектар
Pгектар
D =
D
қ/х
+
D
ноқ/х
D
ноқ/х
D
қ/х
339
Qishloq xoʻjaligi uchun kerak boʻlgan erlarga talab uning
hosildorligiga va bu hosildorlikni
oshirish imkoniyatlariga, erning
joylashuviga
(qishloq
xoʻjalik
mahsulotlari iste’molchilaridan
uzoqlashish darajasiga) bogʻliq.
Qishloq xoʻjalik erlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga boʻladigan
talab bilan belgilanadi. Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab
noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar.
Shuning uchun
am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga boʻlgan talab, ularning
narxi qanchalik oshmasin, kam oʻzgaradi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki,
ularning taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin
oshib ketishiga sabab boʻlishi
mumkin va aksincha, taklifning
koʻpayishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini
keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.