• “Tekinxoʻrlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga haq toʻlamaydigan kishilar) muammosi
  • Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet192/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

     
    16.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar 
    Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlarni boshqa 
    mahsulotlardan farqini yaxshiroq tushunish va ular tufayli jamiyatga 
    kelib chiqishi mumkin boʻlgan muammolarni koʻrib chiqish uchun 
    keling bir misolni koʻramiz: mushakbozlik. Bu mahsulot iste’moldan 
    mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, sababi mushakbozlik boʻlgan 
    holatda biror kishini uni tomosha qilishdan qaytarish mumkin emas. 
    Shuningdek, bu cheklanganlik xususiyatiga ham ega mahsulot emas, 
    sababi biror kishini mushakbozlikdan zavq olishi boshqa bir kishini 
    undan olishi mumkin boʻlgan zavq darajasini kamaytirmaydi. 
    “Tekinxoʻrlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga 
    haq toʻlamaydigan kishilar) muammosi 
    AQShning Smolltaun shaharchasi fuqarolari, iyulning toʻrtinchi 
    kunida 
    mushabozlik 
    oʻtkazilishini yoqtirishadi. Mushakbozlik 
    shaharchaning har 500 aholisiga 10 soʻmdan toʻgʻri keladi va shahar 
    byudjetiga 
    yakunda 
    jami 
    5000 
    soʻm 
    daromad 
    keltiradi. 


    374 
    Mushakbozlikni tashkil etish xarajatlari jami 1000 soʻmga toʻgʻri 
    keladi. Ushbu faoliyatdan olinayotgan daromad (5000 soʻm) unga 
    ketgan xarajatdan (1000 soʻm) koʻproq ekanligi inobatga olinsa
    toʻrtinchi iyulda mushakbozlikni oʻtkazish Smolltaun shaharchasi 
    uchun daromadli faoliyatdir. 
    Xoʻsh, xususiy sektor mazkur faoliyatni samarali yoʻlga qoʻya 
    oladimi? Yoʻq. Aytaylik, shaharchada yashovchi tadbirkor Ellen 
    Smolltaun shaharchasi uchun mushakbozlik oʻtkazishni tashkil etishga 
    bel bogʻladi. 
    Ellenda, shubhasiz, chiptalarni sotish bilan bogʻliq muammolar 
    yuzaga keladi, sababi uning salohiyatli mijozlari bilishadiki, 
    mushakbozlikni chipta sotib olmasdan ham koʻrish mumkin. Sababi, 
    mushakbozlik iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega 
    boʻlmagan 
    mahsulotdir, 
    chunki 
    kishilarda 
    chiptasiz 
    ham 
    mushakbozlikni tomosha qilishga ragʻbat bor. “Tekinxoʻrlar” bu 
    shunday kishiki – yaxshi narsadan foyda oladi, ammo unga haq 
    toʻlamaydi. Kishilar bunda ragʻbatga ega boʻlishadi, turgan gapki, agar 
    chipta sotib oluvchilar mavjud boʻlmasa bozor samarali natijaga ega 
    boʻlmaydi.
    Bozorda mazkur muvaffiqqiyatsizlikni koʻrib chiqish yoʻllaridan 
    biri bu mazkur holatga sabab boʻlayotgan tashqi ta’sirlarni koʻrib 
    chiqish. 
    Agarda, Ellen mushakbozlik marosimini shahar markazidagi 
    displeyda namoyish etsa, bu narsa “tekinxoʻr” tomoshabinlar uchun 
    samara keltiradi, ammo Ellenga emas. Marosimni ekranda namoyish 
    qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish bilan Ellen tashqi ta’sirlarni 
    e’tibordan chetda qoldiradi. Mushakbozlik aholi tomonidan katta 
    qiziqishga sabab boʻlgani bilan, yakunda u daromadli faoliyat boʻlmay 
    qoladi. Natijada, marosimni displeyda namoyish etmasdan Ellen oʻzi 


    375 
    uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini mushakbozlik 
    zavqidan mahrum etadi. 
    Xususiy bozor Smolltaun shaharchasi aholisi hohishiga koʻra 
    mushakbozlik tashkil etishga tayyor emasligiga qaramay 
    ushbu holatni echimi juda oddiy: toʻrtinchi iyul tadbirlarini 
    mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati aholidan 
    olinadigan soliqni 2 soʻmga oshirib, kelib tushgan mablagʻlar hisobiga 
    Ellenni mushakbozlik oʻtkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada 
    8 soʻm barcha uchun yaxshi echim, 10 soʻmdan esa, 2 soʻm soliq 
    toʻlovini ayirib tashlagan holda, daromad hosil boʻlmoqda. Shunday 
    qilib, Ellen Smolltaunga tadbirkor sifatida yordam bera olmagan 
    boʻlsada, unga jamiyat a’zosi sifatida yordam berishi mumkin. 
    Smolltaun hikoyasi sodda boʻlsada real hayotni aks ettiruvchi 
    oʻziga xos voqe’likdir. Aslida AQShdagi koʻpgina mahalliy 
    hukumatlar toʻrtinchi iyul mushakbozliklari uchun pul toʻlashadi. 
    Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy mahsulotlarning umumiy 
    xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar iste’moldan mahrum 
    qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxoʻrlar” muammosi esa ommaviy 
    mahsulotlarni xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga toʻsqinlik 
    qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan 
    daromad ularga sarflanayotgan xarajatlarni qoplashi mumkin boʻlgan 
    darajada hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy xarajatlarni qoplashi, 
    barcha masalalarni ijobiy hal etishi mumkin. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish