390
bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya davlat xarajatlari
baliqchilik va ovchilik muddatini kamayishiga sabab boʻladi.
Baliqchilardan koʻp holatlarda kichik baliqlarni tashlab yuborishni va
ovchilardan faqat alohida jonivorlarni oʻldirishni talab qilishadi.
Barcha bu kabi qonunlar umumiy resurslardan foydalanishni bekor
qiladi va jonivorlarni koʻpayishiga xizmat qiladi.
Keys stadi. Nega sigirlar qirilib ketmadi?
Butun dunyo tarixida koʻpgina jonivorlar turlari qirilib ketish
havfi ostida boʻlishgan. Evropaliklar ilk
marta Shimoliy Amerikaga
qadam qoʻyishganida, 60 milliondan ortiq bizon (qoʻtos) lar qit’adan
koʻchib ketishiga majbur boʻlishgan. Undan tashqari, qoʻtoslarni
ovlash 19-asrda shu darajada mashhur boʻlganki, 1900 yillarga kelib,
ya’ni davlatlar ularni himoya qilishga kirishishlaridan oldin jonivorlar
soni 400 tagacha qisqarib ketgan.
Ba’zi bir Afrika mamlakatlarida fillar xuddi shu kabi muammoga
duch kelmoqda, brakonerlar jonivorlarni ularning suyaklari va tishlari
uchun oʻldirishmoqda.
Shu
bilan birga, barcha jonivorlar ham bu muammoga duch
kelishganlari yoʻq. Masalan, sigirlar qimmatli oziq-ovqat manbai
hisoblanishadi, lekin hech kim sigirlarni yaqin orada qirilib ketadi deb
hisoblamaydi. Amalda, mol goʻshtiga boʻlgan katta talab ushbu jonivor
turini saqlanib qolishiga oʻziga xos kafolat.
Nega fil suyagiga boʻlgan katta ehtiyoj fillarni qirilib ketishi
uchun havf boʻlishi mumkinu, ammo mol goʻtiga boʻlgan ehtiyoj
sigirlar saqlab qolinishaga kafolat manbai?
Sababi shundaki, fillar
aksariyat hollarda umumiy resurs hisoblanishadi, sigirlar boʻlsa
xususiy mulk obyektidir.
391
Fillar qarovsiz holatda erkin koʻchib yurishadi. Har qanday
brakoner oʻzi topishi mumkin boʻlgan fillardan imkon qadar
koʻprogʻini oʻldirishga intiladi. Brakonerlar juda koʻp
va ular fillarni
saqlanib qolishi va tarqalishidan deyarli hech qanday manfaat
koʻrishmaydi.
Bundan farqli oʻlaroq chorva mollari xususiy mulk boʻlgan
fermalarda saqlanadi. Ferma egalari chorva sonini imkon qadar
koʻpayishidan manfaatdor, sababi ular daromad manbaidir.
Dunyo davlatlari hukumatlari fillarni saqlab qolishni ikki xil usul
bilan amalga oshirishga urinib koʻrishishdi. Keniya, Tanzaniya va
Uganda kabi davlatlarda fillarni oʻldirish
va ularni suyagini sotishni
noqonuniy faoliyat deb belgilab qoʻyishdi. Biroq bu qonunlarni amalga
oshirish qiyin kechdi va muammo aktual koʻrinishda saqlanib qoldi.
Botsvana, Malavi, Namibiya va Zimbabve kabi davlatlar esa fillar
xususiy mulk sifatida kishilarga taqsimlab berishdi va faqatgina mulk
egalarigagina ularni oʻldirishga ruxsat berishdi. Yer egalarida
endilikda fillarni saqlab qolishga ragʻbat paydo boʻldi va fillar soni
koʻpaya boshladi. Xususiy mulk va uning ortidagi daromad olish
maqsadi sabab Afrika fillari yaqin oradi
xuddi sigirlar kabi qirilib
ketish muammosidan xalos boʻlishadi.