399
darajasi, yalpi talab va yalpi taklif koʻrsatkichlaridan foydalaniladi.
Davlat obligatsiyalari boʻycha
foiz stavkalari, Markaziy bankning
hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz
stavkalari kabi kapital uchun toʻlov stavkalari umumlashtirilib
ularning oʻrtacha miqdori bozor foiz
stavkasi deb yuritiladi va
makroiqtisodiy
tahlil
jarayonida
bu
agregat
koʻrsatkichdan
foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy
jarayonlarni agregat koʻrsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy
matematik modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy koʻrsatkichlar va jarayonlar
oʻrtasidagi miqdoriy, sabab va oqibat bogʻlanishlarini
matematik
formula, grafik va chizmalar koʻrinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns
xochini, Fillips egri chizigʻini, IS-LM modelini, iqtisodiy oʻsishning
Domar, Xarrod va Solou modellarini keltirish mumkin. Bu
modellarni bir vaqtning oʻzida ham grafik koʻrinishda, ham algebraik
formula koʻrinishida tasvirlash mumkin. Algebraik formulalar kabi
makroiqtisodiy
modellar ham ikki, uch yoki bundan koʻp
oʻzgaruvchili boʻlishi mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining
baholarini umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida oʻzgarishi va
makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi oʻrganilsa, Fillips
egri chizigʻi yordamida ishsizlik va inflyatsiya koʻrsatkichlari
oʻrtasidagi bogʻliqlik tadqiq qilinadi.
Yuqorida
sanab
oʻtilgan modellar barcha mamlakatlar
iqtisodiyotini tahlil qilishda qoʻllanaveradi. Ammo ularda keltirilgan
empirik
koeffitsiyentlar, turli iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzaro
bogʻliqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi
400
mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki
murakkab boʻlmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yoʻl qoʻyiladi.
Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba’zan
yopiq iqtisodiy tizim mavjud, ya’ni unga tashqi iqtisodiy aloqalari
mavjud boʻlmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amalda esa
barcha mamlakatlar tashqi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni
“ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir
model iqtisodiy hodisa va
jarayonlar oʻrtasidagi bogʻliqliklarni toʻla-toʻkis qamrab olmaydi.
Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng
muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli
iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin boʻlgan koʻp variantli
natijalarini
oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli
yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.