404
Nazorat savollari
1. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
2. Makroiqtisodiyot fani predmetining oʻziga
xos xususiyati
nimada va u mikroiqtisodiyot predmetidan nimasi bilan farq qiladi?
3. Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh
bering.
4. Makroiqtisodiyot subyektlari orasida davlatning roʻli qanday?
5. Agregat
koʻrsatkichlar
deganda
nimani
tushunasiz?
Makroiqtisodiy tahlilda agregat koʻrsatkichlardan foydalanish zaruriyati
nima uchun yuzaga keladi?
6. Makroiqtisodiy modellarning mohiyatiga izoh bering.
7. Zaxiralarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar
va oqimlarni tavsiflovchi
koʻrsatkichlar oʻrtasida qanday bogʻliqliklar mavjud?
8. “Resurslar – tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omillarga izoh
bering.
9. Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishining
shartlari qanday?
10. Makroiqtisodiy siyosatning muhim vazifalari nimalardan iborat?
405
XVIII BOB. MAKROIQTISODIY KOʻRSATKICHLAR
18.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qoʻllaniladigan asosiy
koʻrsatkichlar
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni
yanada rivojlantirish
boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy
koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho
berishda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlardan farqli tarzda bu koʻrsatkichlar
milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari
faoliyatiga umumiy baho
berish, makroiqtisodiy tahlil oʻtkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon
xoʻjaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
- Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Milliy
daromad (MD), Shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi
daromad
(ShTD), Iste’mol (S), Jamgʻarish (S) koʻrsatkichlarining hajmi va oʻsish
sur’atlari;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
- mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va
oʻsish suratlari;
- resurslardan foydalanishning samaradorligini
xarakterlovchi
koʻrsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
- davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol
baholari indeksi,
inflyatsiyaning oʻsish sur’atlari;
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik
darajasi;
- aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning
jamgʻarmalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surʼati kabi koʻrsatkichlar
umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qoʻllanilsa, YaIM,
406
SIM, MD, ShD, ShTD, S, S koʻrsatkichlari milliy ishlab chiqarishning
parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu koʻrsatkichlar iqtisodiyotning barcha
subyektlari faoliyatlari
natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy
hisobchilik tizimi (MHT) tashkil etadi.
MHT mamlakat buxgalteriyasi
vazifasini oʻtagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda
makroiqtisodiy
koʻrsatkichlarni
hisoblash,
mamlakatlararo
taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini oʻrganish, unga tizimli
baho berish uchun yuqorida sanab oʻtilgan barcha koʻrsakichlardan
foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondashuvga yoʻl qoʻyilishi
mumkin.