Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

18.2. Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning 
asosiy shartlari 
 
Makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi 
milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichlaridan baravar 
foydalanib kelindi. Har ikkala agregat koʻrsatkich ham mamlakatdagi 
iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi 
migratsiyasi mavjudligi sababli ular oʻzaro farq qilishadi.
Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qoʻllaydigan 
deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichi asosiy 
makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida tan olindi.
Koʻpgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida 
qoʻllanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, 
mamlakatning jugʻrofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va 
xizmatlarning bozor baholari yigʻindisi   deb ta’rif berib kelingan.
1993-yilda qabul qilingan BMT MHTning yangi talqiniga koʻra
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi. 
Yangicha talqiniga koʻra:
YaIM – mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat 
davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor 
baholarininng umumiy yigʻindisidan iborat. 


407 
YaIMning “ichki” deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari 
tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning 
yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik 
shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa oʻsha 
mamlakat rezidenti deb qaraladi.
“Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur 
mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega 
boʻlgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadigan, yoki 
mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy 
birliklar ( korxonalar, uy xoʻjaliklari) rezident hisoblanishadi”
11

Elchixonalar va harbiy bazalar oʻzlariga tegishli boʻlgan 
mamlakatlarning iqtisodiy makoni boʻlib qolaveradilar. Aynan shu jihat
YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jugʻrofiy hudud oʻrtasidagi farq deb 
qaraladi.
YaIM uch xil usul bilan hioblanadi: 
1) ishlab chiqarish usuli; 
2) xarajatlar usuli; 
3) daromadlar usuli. 
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM koʻrsatkichi hajmi statistik 
xatolar istisno etilganda oʻzaro teng boʻlishi lozim. Shu bilan birga har 
uchala usul bilan YaIM koʻrsatkichni hisoblashda oʻziga xos talablarga 
amal qilinishi talab etiladi. 
Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qoʻshilgan qiymatlar 
yigʻindisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik 
jihatdan qulay boʻlishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga 
amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish yoki oraliq 
mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi. 
Ishlab chiqarish hajmini toʻgʻri hisoblash uchun joriy yilda ishlab 
chiqarilgan tovar va koʻrsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga 
olinish kerak. Koʻpgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta 
ishlab chiqarish bosqichini oʻtaydi. Shu sababli YaIMda ayrim 
11
Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-
М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005. 25-с.


408 
mahsulotlarni ikki va undan koʻp marta hisobga olmaslik uchun, faqat 
pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar 
esa hisobga olinmaydi. 
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, 
yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamgʻarish 
yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi. 
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan 
oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qoʻshilmaydi. 
Qoʻshilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni 
ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xomashyo va materiallarni sotib 
olishga qilingan xarajatlar oʻrtasidagi farq koʻrinishida aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM koʻrsatkichining 
strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar 
beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi 
qoʻshilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning oʻzgarishi bu mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish 
imkonini beradi. 
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni 
hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha 
xarajatlar oʻzaro qoʻshib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha 
guruhlanadi: 
Uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari (S): 
a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga; 
b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga; 
d) iste’mol xizmatlari toʻloviga. 
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I): 
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga; 
b) korxonalar, inshootlar, turar-joy binolarini qurishga sarflangan; 
d) tovar zaxiralari oʻrtasidagi farqlar yoki zaxiralarning oʻzgarishi. 
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). 
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati 
idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari 
xaridi (avtomobil yoʻllari va pochta muassasalari qurilishi, davlat 
korxonalarida toʻlanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu 


409 
oʻrinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert toʻlovlari 
kiritilmaydi. 
YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha 
tasvirlash mumkin: 

Download 7,53 Mb.
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish