411
YaMD – mamlakat rezidentlari tomonidan,
mamlakatda va
mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan
olgan boshlangʻich daromadlari yigʻindisidir.
YaIM va YaMD koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farqni quyidagi formula
koʻrinishida tasavvur etish mumkin:
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari
tomonidan xorijdan
olingan daromadlari – norezidentlarning mamlakatdan xorijga
joʻnatgan daromadlari.
YaIM va YaMD ning prinsipal farqlari shundaki,
ulardan
birinchisi mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy
tovarlar va xizmatlar oqimini oʻlchasa, ikkinchisi ular olgan
boshlangʻich daromadlarni oʻlchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va
Sof milliy daromad (SMD)
koʻrsatkichlari YaIM va YaMD koʻrsatkichlaridan
amortizatsiya
(iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YaIM - A
SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy
tahlilda, shuningdek, MHTga kirmagan Shaxsiy
daromad
(ShD) koʻrsaikichi ham qoʻlaniladi.