415
Nazorat savollari
1.Milliy iqtisodiyotni tahlil qilish uchun foydalaniladigan
koʻrsatkichlardan qaysilari makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hisoblanadi?
2. Qoʻshilgan qiymat, yakuniy mahsulot,
oraliq mahsulot
koʻrsatkichlarini tavsiflab bering.
3. Nima uchun YaIM koʻrsatkichini qayta hisoblashdan ehtiyot
boʻlish zarur va bunga qanday erishiladi?
4. YaIMni xarajatlar boʻyicha hisoblashda qoʻllaniladigan
komponentlar tarkibini sanab oʻting.
5. Oʻzbekiston Respublikasida YaIMning ishlab chiqarish
strukturasiga tahliliy sharh bering.
6. YaIMni taqsimot usulida aniqlashda
MHTning yangi talqinida
keltirilgan hamda iqtisodiy adabiyotlarda qoʻllab kelinayotgan
uslublardagi farqlarni tushuntirib bering.
7. YaMD koʻrsatkichi qanday hisoblanadi va YaIM koʻrsatkichidan
nimasi bilan farq qiladi?
8. ShD, ShTD, YaMTD koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqlik va
farqlar nimada?
9. Baholar indekslarini va real YaIMni hisoblash zaruratini asoslab
bering?
10.
YaIM
deflyatori
va
iste’mol narxlari indeksi
koʻrsatkichlarining farqlarini izohlang.
416
XIX BOB. IQTISODIY DAVRLAR VA TEBRANISHLAR
19.1. Iqtisodiy oʻsish tushunchasi va uning oʻlchanishi
Jamiyat taraqqiyotini ifodalovchi
asosiy mezonlardan biri
iqtisodiy oʻsishdir. Bu obyektiv qonuniyat boʻlib, aholi oʻsishi va fan-
texnika jarayonlari bilan bogʻlangan. U milliy iqtisodiyot rivojlanishi
harakatini koʻrsatadi va shu sababli vaqtning ma’lum davrlariga (chorak,
yil va undan oʻzoq vaqtga) makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni (YaIM, SIM,
MD) taqqoslash yoʻli bilan oʻlchanadi.
Iqtisodiy oʻsish ikki usul bilan aniqlanadi va oʻlchanadi.
Birinchi usul real YaIMni oʻtgan davrga nisbatan oʻzgarishi
sifatida aniqlanadi va mamlakatning
umumiqtisodiy imkoniyatlari
harakatini ifodalash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usul real YaIMni oʻtgan
davrga nisbatan aholi jon boshiga oʻzgarishi sifatida aniqlanadi va
mamlakat ijtimoiy rivojlanish darajasini va harakatining sifat
oʻzgarishlarni ifodalash uchun foydalaniladi.
Iqtisodiy oʻsishning aholi jon boshiga hisoblash koʻrsatkichlari
makroiqtisodiy tahlil qilish va istiqbolni belgilash, xalqaro taqqoslashda
koʻproq ishlatiladi. Iqtisodiy oʻsish sur’atlari va qoʻshimcha oʻsish
surʼatlari bir-biridan farqlanadi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini oʻrganish,
ulardan
hech biri uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha,
barcha
mamlakatlar uchun davriy rivojlanish xos ekanligini koʻrsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy
tebranishga iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi.
Ayrim iqtisodiy davrlar
boshqalaridan oʻtish davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi.
Shunga qaramasdan ularning barchasi bir xil bosqichlardan tashkil
topadi (4-chizma).
417
Iqtisodiy
faollik choʻqqi retsessiya choʻqqi
potensial
darajasi
koʻtarilish
pasayishning quyi nuqtasi iqtisodiy davr vaqt
1-chizma.
Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi
Iqtisodiy davrlar toʻrtta bosqichni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqich
iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich boʻlib,
u “
choʻqqi” deb yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan toʻliq bandlik,
ishlab
chiqarish
toʻla
quvvatda
ishlayotganligi,
shuningdek,
mahsulotlarning baho darajasining oʻsish holati kuzatiladi.
Keyingi
bosqich pasayish (retsessiya) bosqichidir. Bunda ishlab
chiqarish va bandlik darajalari kamayadi, ammo bahoning oʻsish
darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina bahoning
oʻsish darajasi sustlashishi mumkin.
Pasayishning quyi nuqtasida ishlab
chiqarish va bandlik eng quyi darajaga tushadi va turgʻunlik
davri
boshlanadi.