431
2. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik
tushunchalariga tavsif bering.
3. Potensial YaIM koʻrsatkichini izohlab bering.
4. Makrodarajada ishsizlikning iqtisodiy oqibatlarini qanday
oʻlchash mumkin?
5. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining
kelib chiqishiga qaysi
holatlar sabab boʻldi?
6. Moliyaviy inqirozning ishsizlik darajasiga ta’siri qay tariqa roʻy
beradi?
7. Friksion ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering.
8. Tarkibiy ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering.
9. Davriy ishsizlik turining oʻziga xos jihatlarini aytib bering.
10. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik
tushunchalariga tavsif bering.
432
XXI BOB. INFLYATSIYA VA AKSILINFLYATSIYA SIYOSATI
21.1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Inflyatsiya – bu yalpi tovar va xizmatlarning narxini koʻpayishidir.
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikni eng murakkab aspekti boʻlib uni
tartibga solish iqtisodiy muammo hisoblanadi.
Inflyatsiya (lotincha inflatio - shishish, boʻrtish, taranglashish) –
ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar oʻrtacha (umumiy)
darajasining barqaror oʻsishi, pulning xarid
qobiliyatini uzoq muddatli
pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi
omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori boʻlsa,
iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta boʻladi. Ayniqsa bir iqtisodiy
tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga oʻtayotgan mamlakatlarda
inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki,
bu davr
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi
keskin oshib ketishi bilan bogʻliq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham
oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror boʻlib tursa, ba’zilariniki esa
tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861–1865-
yillardagi Fuqarolar urushi davrida qoʻllanildi. Inflyatsiyaning atamasi
muomaladagi qogʻoz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan
haddan ziyod koʻpayib ketishi holatini izohlagan. Ammo
inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini
ochib bermaydi. Umuman olganda
inflyatsiya pul muomalasi
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning
buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyandalari bunday nomutanosiblikning
sababi toʻliq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod boʻlishida deb
bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
darajasi past boʻlsa byudjet taqchilligi va qoʻshimcha pul chiqarish yoʻli
433
bilan
xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni koʻpaytirish
inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondashuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab
chiqarishning haddan ziyod oʻsishida, ishlab chiqarish xarajatlarining
koʻpayishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab
tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondashishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar
massasi yalpi talabga
nisbatan sekinroq oʻssa, yoki yalpi talab koʻpaygani holda
oʻzgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining koʻtarilishi
orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi
va milliy iqtisodiyotning qoʻshimcha pul massasiga ehtiyoji paydo
boʻladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi,
balki butun
takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy
buzilishlar natijasidir. Baholarning oʻsishi, pul birligi xarid
qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon boʻlishining
quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1) valyuta kurslarining oʻzgarishi;
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining
qisqarishi tomon oʻzgarishi;
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining
oʻsishi.
Inflyatsiya baho indekslari – deflyator va iste’mol
narxlar indeksi
yordamida aniqlanadi.
Baholar oʻrtacha (umumiy) darajasining nisbiy oʻzgarishi