454
R e
2
AS
2
AS
1
AS
3
e
1
e
3
Y
3
Y
1
Y
2
Y
22.5-chizma.
Yalpi taklif oʻzgarishining AD-AS modelidagi
muvozanatga ta’siri.
Oraliq va vertikal kesmalarda baholar oʻsib borishi bilan kuzatilgan
yalpi talabning koʻpayishi talab inflyatsiyasi mavjudligini koʻrsatadi.
Yalpi taklif oʻzgarishining baholarni
va ishlab chiqarishni
muvozanatli darajalariga ta’sirini 22.5-chizma misolida koʻrib chiqamiz.
Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi
natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, baholar
darajasi esa R1 dan R2 gacha koʻtariladi, ya’ni stagflyatsiya roʻy beradi.
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bogʻliq boʻlmagan
omillardan birortasi oʻzgarib, yalpi taklifning oʻzgarishiga olib kelsin.
Ya’ni, yerning bahosi pasaysa, korxonalardan
olinadigan soliqlar
kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa,
unda yalpi taklif egri chizigʻi AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda
narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab
chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni,
iqtisodiy oʻsish holati roʻy beradi.
Yalpi taklif va yalpi talab oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi
makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon
moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab –
moliyaviy
resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi oʻrtasidagi mutanosiblikning
keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi
qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sogʻlom va barqaror amal qilishi
AD
Р
2
Р
1
Р
3
455
uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar
ishlab chiqarish real hajmi oʻrtasida muayyan
nisbatga amal qilinishi
lozim.
Biroq,
milliy
iqtisodiyotlarning
baynalminallashuvi
va
globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham oʻz
ta’sirini oʻtkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda,
keyinchalik koʻplab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib
keldi”
12
.
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab)
tovarlar va
xizmatlar hajmi oʻrtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz
iqtisodiy inqirozga aylandi.
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan
biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi
talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga
erishish uchun yalpi
talabni ragʻbatlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek, yalpi taklifni
ragʻbatlantirish siyosati qoʻllaniladi.
Yalpi
talabni
ragʻbatlantirish
siyosatining
koʻrinishlariga
daromadlarni oʻstirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini
arzonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni
ragʻbatlantirish siyosatida investitsiyalarni ragʻbatlantirish, ishlab
chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qoʻllab-
quvvatlash va h.k. choralar kiradi.