457
XXIII BOB. ISTE’MOL VA JAMGʻARISH FUNKSIYALARI
23.1. Iste’mol va jamgʻarish, ularning grafiklari va funksiyalari
Iste’mol bozorini bozor konyunkturasi talablari asosida toʻldirish
Oʻzbekiston makroiqtisodiyotining dolzarb masalalaridan biridir.
Ma’lumki, Oʻzbekistonda iste’mol qilinadigan tayyor mahsulotlarning
katta qismi sobiq ittifoqdosh respublikalardan
hamda chet ellardan
olinar edi. Mustaqillikka erishilgandan soʻng ulardan tayyor mahsulotlar
olish mushkullasha boshladi. Qolaversa, tovar ayirboshlash ham jahon
narxlarida, jahon standartlariga moslashtirib borilmoqda. Bu hol bozor
iqtisodiyoti ta’limotining makrokoʻlamdagi iste’mol funksiyasini
oʻrganishimizni taqozo qiladi. Iste’mol funksiyasining mohiyatini
bilishimiz iste’mol bozorini boshqarishimizda asos boʻladi.
Iste’mol bozori – aholi iste’moli uchun zarur boʻlgan
tovar va
xizmatlarni ayirboshlash makonidir. Iste’mol bozori turli-tuman savdo
shoxobchalarini: davlat, iste’mol savdosi, dehqon bozori va chayqov
bozorini oʻz ichiga oladi.
Iste’mol bozorida xaridorlar faqat fuqarolardan iborat boʻlmaydi.
Xaridorlar tarkibiga aholiga bepul xizmat koʻrsatuvchi korxona va
tashkilotlar (kasalxona, bolalar bogʻchasi, qariyalar uyi va boshqalar)
ham kiradi. Ular ham keng iste’mol buyumlarining iste’molchilaridir.
Iste’mol bozorida har xil xizmatlar (madaniy, tibbiy, texnikaviy) ham
sotiladi. Iste’mol bozorining hajmi unda sotiladigan tovarlarning yalpi
summasi (masalan, tovar oboroti) bilan belgilanadi. Iste’mol
tovarlari
qat’iy davlat narxlari, nazorat qilinadigan narxlar va erkin narxlarda
sotiladi.
Iste’mol bozori oʻzining holatiga qarab ikki xil boʻladi: toʻyingan
bozor va taqchil bozor yoki och bozor. Toʻyingan bozorlarda iste’mol
tovarlari talabga yetarli sifatda va miqdorda boʻladi. Taqchil bozorda
esa tovarlar surunkasiga iste’molni qondirmaydi,
uning narxi yuqori
boʻladi. Tovarlar narxining yuqoriligi va taqchilligi natijasida
458
iste’molchini ijtimoiy himoyalash zarurati kelib chiqadi. Iqtisodchilar
tomonidan “iste’mol savati” va uning qiymati aniqlanadi. “Iste’mol
savati” – muayyan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning
tirikchiligini ta’minlashga ma’lum darajada yetarli boʻlgan
miqdorini
koʻrsatadi. Narxlarning toʻxtovsiz oʻsib borayotgan hozirgi sharoitida
aholining koʻrgan zararini qoplash uchun hukumat tomonidan
mamlakatda “iste’mol savati” tarkibi aniqlanadi va uni qoʻllash taklif
etiladi.
Uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb
yuritiladi), yalpi talab yoki YaIMning yakuniy iste’molga koʻra
tarkibida eng katta ulushga ega boʻlgan komponentdir. Shuningdek,
rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari
shaxsiy tasarrufdagi
daromadning asosiy qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol
xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning oʻzgarish qonuniyatlarini
oʻrganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xoʻjaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan
qolgan qismi ularning jamgʻarmalarini tashkil etadi. Klassik maktab
vakillari jamgʻarish hajmi foiz stavkasining
funksiyasi deb qarashsa
J.M. Keyns uy xoʻjaliklarining iste’mol xarajatlari va jamgʻarishlari
hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok
etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak
iste’mol va jamgʻarish hajmini belgilovchi asosiy omil uy
xoʻjaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert toʻlovlari va
toʻlagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI –
disposable income, yoki Yd ) koʻrsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada
iste’mol va jamgʻarmalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning
funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ma’lumki, uy xoʻjaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamgʻarish
uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha koʻp iste’mol qilinsa,
shuncha kam
jamgʻariladi va aksincha. Iste’mol va jamgʻarish oʻrtasidagi oʻzaro
bogʻliqlik har xil daromadga ega boʻlgan shaxslarda bir xil emas: kam
daromadga ega boʻlganlar, odatda, uning koʻproq qismini iste’mol qilib,
kamroq qismini jamgʻaradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu
459
nisbat jamgʻarish foydasiga oʻsadi. Bu bogʻliqlikni gipotetik
ma’lumotlar asosida koʻrib chiqamiz (4-jadval).
Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng
boʻlganda uy xoʻjaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi
daromaddan 5 sh.b.ka koʻp boʻladi. Ya’ni uy xoʻjaliklari 5 sh.b.ka
teng miqdorda qarz
hisobiga yoki oʻtgan yillarda toʻplangan
jamgʻarmalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.
23.1-jadval