471
Kapital zaxiralarini kamaytiruvchi (yer qimirlashi), bandlikni
oshiruvchi (jami talabni oʻsishi) yoki texnologiyalarni yaxshilovchi
(ilmiy topilmalar) kapital ijarasi uchun olinadigan haqiqiy narxning
muvozanatli miqdorini oshiradi.
Endi ijara firmalarini koʻrib chiqamiz.
Mashinani ijaraga beruvchi
kompaniyalarga oʻxshash firmalar shunchaki kapital tovarlarini sotib
oladi va ijaraga beradi. Maqsadimiz ijara firmalari tomonidan hosil
qilinadigan investitsiyalarni tushuntirish boʻlgani uchun, kapitalga
egalik qilishning foydasi va narxini koʻrib chiqishdan boshlaymiz.
Kapitalga egalik qilish xarajatlari murakkabroq tuzilishga ega.
Firma kapital birligini ijaraga berayotgan
vaqtning har bir davri
mobaynida u uch xil xarajat qiladi:
1. Firma kapital birligini sotib olib, keyin uni ijaraga berayotganda
u kapitalni sotib olish uchun sarflangan mablagʻlarni bank hisobiga
qoʻyib olishi mumkin boʻlgan foiz koʻrinishidagi daromadni yoʻqotadi.
Yoki, shunga oʻxshash, firma kapitalni sotib olish uchun qarz
mablagʻlaridan foydalandi, unda u olingan qarz boʻyicha
foizlar
toʻlashiga toʻgʻri keladi. Agar R
k
– kapital birligini sotib olish narxi, i –
nominal foiz stavkasi boʻlsa, unda iR
k
– foizlar boʻyicha xarajatlardir.
E’tibor bering, agarda ijara firmasi qarz olishiga toʻgʻri kelmasa ham,
foiz stavkasi qiymati bir xil boʻladi: agar ijara firmasi qoʻlda naqd pul
evaziga kapital birligini sotib olsa, ushbu
naqd pulni bankka omonatga
qoʻyib ishlab topishi mumkin boʻlgan foizni yoʻqotadi.
2. Firma kapitalni ijaraga berguncha, uning narxi oʻzgarishi
mumkin.
Agar kapital narxi pasaygan boʻlsa, unda firma uning aktivlari
qiymati pasayganligi tufayli zarar koʻrishi mumkin. Agar kapital narxi
oshayotgan boʻlsa, unda firma aktivlari qiymati koʻtarilishi
sababli
yutadi. Bu yutuq yoki zararning miqdori -∆R
k
ga teng (bu yerda minus
belgisi qoʻyilyapti, chunki foydani emas xarajatlarni hisoblayapmiz).
3. Kapital ijaraga berilganda, u eskiradi va qiymatini yoʻqotadi. Bu
amortizatsiya deb ataladi. Agar δ-amortizatsiya me’yori, ya’ni eskirish
natijasida muayyan davr davomida qiymatning yoʻqotilgan qismi boʻlsa,
unda amortizatsiya miqdorining puldagi ifodasi δR
k
boʻladi.
472
Shunday qilib, bir davr mobaynida kapital birligini ijaraga berish
boʻyicha umumiy xarajatlar quyidagini tashkil etadi:
Kapital birligiga xarajatlar = iR
k
-∆R
k
+δR
k
= R
k
(i-∆R
k
/R
k
+δ)
Kapital birligiga xarajatlar kapital birligi narxiga,
foiz stavkasiga,
kapital narxni nisbiy oʻzgarishiga va amortizatsiya me’yoriga bogʻliq.
Misol uchun, mashinani ijara beruvchi kompaniya kapital xarajatini
koʻrib chiqaylik. Kompaniya har bir mashinani $10000 dan oladi va
boshqa firmalarga ijaraga beradi. Kompaniyaning yiliga 10% foiz
stavkasi bor, shunday ekan foiz stavkasi qiymati iP
K
kompaniya
tasarrufidagi har bir mashina uchun $1000. Mashinalar narxi yiliga
6%ga oshmoqda, shunday qilib, amortizatsiyani hisoblamaganda, firma
yiliga $600 kapital foyda ΔP
K
oladi. Mashinalarning
amortizatsiyasi
sababli yiliga 20% qiymatini yoʻqotadi, shunday ekan amortizatsiya δP
K
sababli yoʻqotishlar yiliga $2000. Shuning uchun, kompaniyaning
kapital birligiga xarajati:
Kapital birligiga xarajati = $1000-$600+$2000= $2400.
Mashinani ijara beruvchi kompaniya uchun mashinani saqlab turish
qiymati yiliga $2400ga teng.