500
Yuzaga kelgan holatdan kelib chiqib
hamda pul-kredit siyosati
transmission mexanizmining foiz kanalini kuchaytirish va pul bozorini
samarali tartibga solish maqsadida 2018-yilning birinchi yarim yilligida
qisqa muddatli pul resurslarini jalb qilish va joylashtirish boʻyicha
banklararo pul bozorining yagona elektron platformasini yaratish koʻzda
tutilgan.
Shu
bilan
birga,
pul-kredit
siyosatining
transmission
mexanizmining foiz kanalini mustahkamlashda zaruriyat tugʻilganda
Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni jalb qilish
boʻyicha operatsiyalar amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlab oʻtish joizki, pul-kredit siyosatining transmission
mexanizmi samaradorligini ta’minlash
va foiz instrumentlarini
optimallashtirish maqsadida Markaziy bankning pul-kredit siyosatining
asosiy koʻrsatkichi sifatida asosiy stavka va foiz koridorini 2019-yildan
amaliyotga joriy qilish koʻzda tutilgan.
Likvidlik taqdim etish va jalb qilish boʻyicha pul-kredit siyosati
instrumentlari turlarining kengaytirilishi
Markaziy bankning asosiy
operatsiyalari boʻyicha foiz koridorini shakllantirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish va unda bozor mexanizmlari
ta’sirining oshib borishi bilan bir qatorda faol pul-kredit siyosatining
amalga oshirilishi transmission mexanizmning
foiz kanalini sezilarli
darajada mustahkamlab boradi.