• Inflyatsiya va pul agregatlari oʻzgarishi dinamikasi
  • Pul multiplikatori dinamikasi
  • Pul multiplikatori va pul aylanish tezligi dinamikasi
  • Markaziy bank instrumentlari
  •  Oʻzbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet251/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

     
    25.4. Oʻzbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit 
    siyosatini takomillashtirish yoʻnalishlari 
     
    2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor 
    mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi 
    bosqichi oʻrta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini 
    rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi. 
    Ushbu yoʻnalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta 
    almashuv 
    kursining 
    bozor 
    mexanizmlari 
    asosida 
    shakllanish 
    tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich 
    liberallashtirilishi bilan bogʻliq amaliy qadamlar boʻldi.
    Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan 
    foydalanilishi, oʻz navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki 
    bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini 
    takomillashtirish imkoniyatini beradi.
    Ayni 
    vaqtda 
    valyuta 
    bozorini 
    liberallashtirish 
    borasidagi 
    islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi koʻp jihatdan pul-kredit 
    siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash 
    hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan 
    chambarchas bogʻliq.
    Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
    “Valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-
    tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni e’lon qilinishidan koʻp oʻtmay 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada 


    492 
    rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi va Pul-
    kredit siyosatini 2017–2021-yillarda rivojlantirish va inflyatsion 
    targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha chora-tadbirlar 
    Kompleksi tasdiqlandi. Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi 
    “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan 
    takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonining qabul qilinishi boʻldi. 
    Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy 
    bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi 
    va institutsional rivojlanishini ta’minlash boʻyicha tegishli choralar 
    nazarda tutilgan. Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish 
    yondashuvlarining qayta koʻrib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi 
    voqeliklarda pul-kredit sohasidagi oʻzgarishlarning aholi va tadbirkorlik 
    subyektlari tomonidan toʻgʻri qabul qilinishi va qoʻllab-quvvatlanishi 
    muhim ahamiyat kasb etadi.
    Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻrta muddatli 
    istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish 
    Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini 
    shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy 
    etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Ushbu 
    Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga oʻtishning konseptual 
    asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga 
    muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish boʻyicha 
    oʻrta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil 
    tushuntirishga qaratilgan.
    Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy 
    va ijtimoiy barqarorlikning kafolati boʻlib, iqtisodiy islohotlarni 
    jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga 
    oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Bunda inflyatsiyaning past va 
    barqaror koʻrsatkichlari muvozanatli iqtisodiy oʻsishni ta’minlash, ishlab 
    chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning 
    muhim omili sanaladi. Shu nuqtayi nazardan, narxlar oʻsish 
    sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining 
    asosiy maqsadlaridan biri boʻlishi kerak. Inflyatsiyaning past va 


    493 
    barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar omonatlarini uzoq 
    muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi 
    hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud 
    iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi. 
    Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari 
    tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-
    kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash 
    maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini koʻrsatmoqda.
    Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va 
    ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda 
    tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.
    Amaldagi 
    Oʻzbekiston 
    Respublikasining 
    “Oʻzbekiston 
    Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonuniga koʻra, 
    Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini 
    ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” 
    tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga 
    nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb 
    talqin qilish mumkin.
    Almashuv 
    kursining 
    erkin 
    shakllanishi 
    sharoitida 
    milliy 
    valyutaning barqarorligi uning ichki xarid qobiliyatini saqlash orqali 
    erishiladi. Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni 
    ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib 
    aytganda, toʻlov balansi bilan bogʻliq tashqi shok va qiyinchiliklar 
    kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda oʻzgarishi ekportyorlar 
    va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni 
    ragʻbatlantirishga xizmat qiladi. 
    Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy 
    maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy 
    yoʻnalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli 
    oʻzgartirishlar kiritilishi koʻzda tutilgan.
    Ta’kidlash lozimki, narxlar barqarorligi deyilganda nol darajadagi 
    yoki salbiy inflyatsiya koʻrsatkichlari nazarda tutilmaydi. Narxlar 
    barqarorligi deyilganda narxlarning turgʻun holatda turishi emas, balki 
    ularning past darajada oʻsishi tushuniladi. Bir qarashda narxlarning 


    494 
    turgʻun turishi maqbul koʻrinsa-da, narxlarning past va barqaror 
    oʻzgarishi iqtisodiyotning samarali faoliyati uchun eng qulay sharoit 
    hisoblanadi.
    Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit 
    siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi 
    boʻlishini hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun samarali 
    instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi. 
    Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari 
    tomonidan keng qoʻllanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar 
    targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yaroqsiz rejimlarni oʻz 
    ichiga oladi.
    Inflyatsiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish vazifasi 
    aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida 
    qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq moʻljallarga qarab 
    farqlanadi.
    Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar 
    barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul 
    massasi hajmlari oʻzgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi. 
    Ushbu 
    strategiyaning 
    samarali 
    qoʻllanilishi 
    inflyatsiya 
    koʻrsatkichlari va pul agregatlari oʻrtasidagi mustahkam doimiy 
    bogʻliqlik boʻlishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli 
    koʻrsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish 
    vositasida erishiladi.
    Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlikning 
    kuchsizlanishi tufayli koʻpchilik markaziy banklar tomonidan pul 
    agregatlarini targetlash amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash 
    rejimini joriy qilinishiga sabab boʻldi. 
    Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin 
    oʻzgarishlari kuzatilgan rivojlanayotgan va 
    oʻtish davridagi 
    mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali 
    strategiya sifatida keng qoʻllanilgan. Bunda inflyatsiya boʻyicha tegishli 
    koʻrsatkichlarni 
    belgilashda 
    iqtisodiy 
    oʻsishni 
    ragʻbatlantirish 
    maqsadlaridan kelib chiqilgan. 


    495 
    Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansada, 
    amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bogʻlash orqali 
    bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro 
    institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga 
    kiritilgan.
    Bir vaqtning oʻzida ikki maqsadga yoʻnaltirilgan almashuv kursi 
    siyosati tashqi shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini 
    koʻrsatdi. Bunda bir tomondan oltin-valyuta zaxiralarini oshirish vazifasi 
    qoʻyilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan soʻmning almashuv kursini ma’lum 
    bir darajada ushlab turish maqsadi koʻzlangan. Oʻz navbatida, mazkur 
    almashuv kursi toʻlov balansi holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni 
    oʻzida aks ettirmagan.
    Bunday 
    siyosat, 
    oʻz navbatida, ichki valyuta bozorida 
    muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish 
    imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan tashqari, pul-kredit instrumentlaridan 
    foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali qoʻllashda 
    qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdirdi.
    Pul massasi oʻzgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi oʻsishi 
    turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni 
    kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini 
    koʻrsatmoqda.
    Oʻz navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat 
    hisobraqamlarida mablagʻlar yigʻilishi, shuningdek, Oʻzbekiston 
    Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobraqamlarida 
    mablagʻlarning jamlanib borilishi pul massasi oʻsishini maqbullashtiruv- 
    chi omillardan boʻlgan.
    Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari 
    markazlashgan mablagʻlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 
    tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilganligi 
    hamda ushbu mablagʻlar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va 
    xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi 
    tufayli iqtisodiyotda pul massasi oʻsishiga va mos ravishda inflyatsiya 
    darajasiga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir koʻrsatmagan. 


    496 
    Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez 
    sur’atlarda oshishining oldi olingan. 
    1-rasm. Inflyatsiya va pul agregatlari oʻzgarishi dinamikasi 
     
    Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya 
    darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi oʻzgarishi oʻrtasida aniq va 
    barqaror oʻzaro bogʻliqliklar aniqlanmadi. 
    2-rasm. Pul multiplikatori dinamikasi 


    497 
    Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori koʻrsatkichlari oʻzgarishi 
    ham ushbu koʻrsatkichlar dinamikasining oʻzgaruvchan xarakterga ega 
    ekanligini, pul-kredit koʻrsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab 
    chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini koʻrsatadi. 
    Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga 
    nisbatan moʻtadil darajada oʻsishi inflyatsiya bosimining sezilarli 
    kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu 
    koʻrsatkichlar oʻrtasida aniq bogʻliqlikning mavjud emasligi rezerv 
    pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi.
    3-rasm. Pul multiplikatori va pul aylanish tezligi dinamikasi 
    Masalaning yana bir muhim jihati, Markaziy bankning pul 
    agregatlarini samarali boshqara olishi qobiliyati bilan bogʻliq. Odatda, 
    markaziy banklar rezerv pullar darajasini samarali boshqara oladilar,
    ammo pul massasini nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar. 
    Ushbu jarayon asosan dollarizatsiya darajasi yuqori boʻlgan hamda 
    moliya bozorlari rivojlanish bosqichida turgan mamlakatlarda koʻp 
    kuzatiladi, binobarin, bunday mamlakatlarda kredit va depozitlarga 
    boʻlgan talab keskin oʻzgarib turishi mumkin. 


    498 
    Pulga boʻlgan talabning oʻzgaruvchanligi, keng ma’nodagi pul 
    massasining tarkibi, dollarizatsiya darajasining yuqoriligi kabi omillar 
    pulga boʻlgan talabni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi. 
    Bunday holatda, pulga boʻlgan talab va foiz stavkalari oʻrtasidagi 
    bogʻliqlik sust boʻlganligi sababli Markaziy bank uchun pul massasining 
    maqsadli darajasini saqlab turish vazifasi murakkablashadi. 
    Yuqorida qayd etilgan muammolar natijasida keng ma’nodagi 
    pullar hajmining oraliq moʻljallardan chetlashishi Markaziy bankning 
    pul-kredit siyosatiga boʻlgan ishonchni pasaytiradi. 
    Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank 
    an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit 
    qat’iylashtiradi. 
    Ushbu choralarning iqtisodiyotni real sektoriga ta’sir qilish darajasi 
    va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining 
    samaradorligi bilan belgilanadi. 
    4-rasm. Markaziy bank instrumentlari 


    499 
    Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi oʻzida Markaziy 
    bank foiz stavkalari oʻzgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida 
    inflyatsiya darajasiga ta’sir oʻtkazish jarayonini aks ettiradi. 
    Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta’siri alohida transmission 
    kanallar orqali amalga oshiriladi. Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni 
    koʻrsatish mumkin: 
    - foiz kanali; 
    - kredit kanali; 
    - valyuta kursi kanali; 
    - inflyatsion kutilmalar kanali; 
    - aktivlar bahosi kanali. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Oʻzbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish