526
umumiy xususiyatlarga egadir. Davlat byudjetining xarajatlari
xarajatlarning konkret turlari orqali namoyon boʻladi. Byudjet xarajatlari
konkret turlarining xilma-xilligi esa, oʻz navbatida, quyidagi omillarning
mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy
iqtisodiyot
bilan
bogʻlanganligi;
iqtisodiy
munosabatlarning
rivojlanganlik darajasi; byudjet mablagʻlarining namoyon boʻlish
shakllari va h.k.
Davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga boʻlish
mumkin:
– ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari;
– milliy iqtisodiyotga xarajatlar;
– mudofaa xarajatlari;
– boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari oʻz
tarkibiga maorif, sogʻliqni saqlash,
madaniyat va sport, fan, ijtimoiy
ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar
baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga beriladigan
ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini oʻzida aks
ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini
rivojlantirish
va
takomillashtirishga,
fan
va
madaniyatni
moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga boʻlgan
talabini
qondirishga, ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga
keng yoʻl ochib beradi.
Milliy iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xoʻjalik
yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu
xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish,
zamonaviy industriya asosida qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni
rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlarini
texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning
uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida
oʻrin egallaydi. Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning
funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning oʻz mudofaa
527
qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan bogʻliqdir.
Qurolli
kuchlarning
barcha
turlari
byudjet
mablagʻlari
hisobidan
moliyalashtiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga
oshirilishi, uning xoʻjalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan
boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini
taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura
fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqaruv organlari) xarajatlari davlat
organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining
barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Davlat byudjetining
xarajatlari uning
daromadlari bilan uzviy bogʻlangandir. Bunday oʻzaro bogʻliqlik
xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va
ularning bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatishi orqali ifodalanadi. Bir
tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet
daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. Oʻz navbatida, byudjet
daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan
aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda byudjet xarajatlarining
shunday hajmini va milliy xoʻjalikda pul fondlarini shakllantirishda
byudjet mablagʻlaridan foydalanishning shunday muddatlarini oʻrnatish
kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali
davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini
ta’minlash, boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning oʻsishiga ijobiy
ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini
tezlashtirish va milliy
xoʻjalikdagi proporsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining
xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga oʻz ta’sirini
koʻrsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi
ularni milliy xoʻjalikning samaradorligi nuqtayi nazaridan baholashni
dolzarb muammoga aylantirib qoʻyadi. Bunda milliy xoʻjalikning
yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli boʻlgan
daromadlarning
qoʻshimcha ravishda oʻsganligiga e’tibor berish bilan cheklanish
maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning oʻzida, jamiyatning
ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal
528
etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning
tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan
funksiyalarga, milliy xoʻjalikning
ehtiyojlariga bogʻliq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish
va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini
ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Davlat byudjetining xarajatlaridan
foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu
munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada koʻzda
tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjetdan
mablagʻlarni taqdim eish tizimi tushuniladi.