Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
Nazorat savollar 
1. Bank tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Ikki pogʻonali bank tizimi nimani anglatadi.
3. Markaziy bank qanday funksiyalarni bajaradi?
4. Tijorat banklarining funksiyalari qanday?
5. Pul-kredit siyosatining mohiyatini tushuntiring.
6. Majburiy rezervlar nima uchun zarur?
7. Ochiq bozordagi operatsiyalar orqali pul massasi qanday tartibga 
solinadi?
8. Markaziy bank va tijorat banklari funksiyalarini tushuntirib
bering. 
9. Qayta moliyalash stavkasining oʻzgartirilishi pul taklifiga 
qanday ta’sir etadi? 
10. Yumshoq va qattiq pul kredit siyosati tushunchalariga izoh 
bering.
 
 


515 
 
 
XXVI BOB. DAVLAT BYUDJETI. BYUDJET SOLIQ SIYOSATI 
 
26.1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati 
 
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) 
munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga 
mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning 
nisbatan kattagina qismini toʻplash va uni jamiyat taraqqiyotining turli 
sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sogʻliqni saqlash, fan, madaniyat, 
ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga 
yoʻnaltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir. 
Mohiyatiga koʻra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining 
tarkibiy qismi boʻlib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha 
xususiyatlarga ega va unga tegishli boʻlgan barcha funksiyalarni 
bajaradi. Bir vaqtning oʻzida, davlat byudjeti faqat oʻziga xos boʻlgan 
xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular oʻz navbatida, davlat 
byudjetini moliya tizimining boshqa boʻlinmalaridan ajratib turadi va 
unda markaziy oʻrinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday 
xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan 
ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning 
tashkilotchisi boʻlsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va 
moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda 
katta kuch bilan namoyon boʻladi. Yagonalik va yuqori darajada 
markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Davlat 
byudjetiga xos xususiyatlar mablagʻlar bilan byudjet siyosatini amalga 
oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning 
qoʻshilishini tushunmoq kerak: 
1) davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar;
2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni 
taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa 
xususiyatlarga ham ega.


516 
Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi 
ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir boʻladi. Qiymatning 
davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan 
toʻliq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat 
byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash 
va almashuv operatsiyalarining qayta qoʻshilib ketishi sodir boʻladi. 
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga 
oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini koʻrib chiqish 
alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir 
vaqtning oʻzida, oʻzaro bogʻlangan va ma’lum darajada mustaqil 
boʻlgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish 
(byudjet 
daromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga 
moʻljallangan koʻp sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) byudjet fondidan 
foydalanish (byudjet xarajatlari). 
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu 
bosqichlari bir vaqtning oʻzida va uzluksiz sodir boʻlsada, bu ularning 
nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni boʻlish va 
ularni alohida-alohida koʻrib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning 
xarakteri, shakli va metodlari toʻgʻrisida osonroq va aniqroq tasavvur 
hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga 
tegishli pul mablagʻlarining bir qismi davlatning qoʻlida toʻplanishi 
sodir boʻladi. Ana shu asosda mablagʻlarni oluvchi sifatida davlat bilan 
mablagʻlarni toʻlovchilar oʻrtasida byudjet munosabatlari vujudga 
keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga 
egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati 
shundaki, byudjetga tushuvchi mablagʻlar ajratib olingan boʻlib, ular 
qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga 
— umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan. Davlat pul 
fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga moʻljallangan fondlarni 
kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish