-chizma.  Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
1-chizma.  Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat 
transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi. 


535 
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik koʻpayishi va davlat 
xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo boʻladi. 
Davlat xarajatlari oʻzgarmas boʻlgan sharoitda ham byudjet taqchilligi 
va ortiqchaligi mavjud boʻlishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik 
miqdorlari soliq va byudjet funksiyalari grafiklarining “tikligiga” 
bogʻliq. Soliq funksiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq 
stavkasi t ning miqdoriga bogʻliq. t qancha yuqori boʻlsa T chizigʻi 
shuncha tik boʻladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi 
oʻzgarishining daromadlar oʻzgarishiga bogʻliqligini xarakterlovchi γ 
koeffitsiyent qancha kichik boʻlsa, G chizigʻi ham shuncha tik boʻladi.
Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq toʻlovlari oshaveradi, 
byudjetdan transfert toʻlovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bogʻliq boʻlmagan oʻzgarmas miqdor 
boʻlganda t qanchalik katta boʻlsa T chizigʻi shuncha tik va 
iqttisodiyotning oʻrnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori 
boʻladi. Ammo iqtisodiy oʻsishning ta’minlash vazifasi T va G 
chiziqlarini yotiqroq boʻlishini taqozo etadi. 
Oʻrnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaMM hajmini, 
uning potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini toʻliq 
tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud 
boʻlishi mumkin. 
Toʻliq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi 
natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni 
toʻliq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari 
(xarajatlari) oʻrtasidagi farq yuzaga keladi. 
Davriy taqchillik koʻpincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi 
va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi. 
Davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 
1. Pul-kredit emissiyasi; 
2. Davlat zayomlarini chiqarish; 
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini koʻpaytirish. 
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda 
muomalada pul massasini koʻpaytirish inflyatsiyaga olib keladi. 


536 
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo boʻladi. 
Ya’ni, soliq toʻlovchilar tomonidan davlatga toʻlaydigan soliqlar 
toʻlovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti 
kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat 
xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, 
lekin ular toʻlovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar oʻz 
mahsulotlari 
narxlarini 
oldindan 
oshirib 
qoʻyishadi. 
Bu 
esa 
inflyatsiyaning oshishiga olib keladi. 
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali 
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa oʻz 
navbatida foiz stavkasini koʻtarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda 
investitsiya xarajatlari, sof eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari 
kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi roʻy beradi va u fiskal 
siyosatning ragʻbatlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qoʻyadi. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion 
usul hisoblansada inflyatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi 
xolos. Chunki muddati yetgan zayomlarni sotib olish bilan davlat 
muomaladagi pul massasini koʻpaytiradi. Bu esa oʻz navbatida, baholar 
darajasining koʻtarilishiga sabab boʻladi. Soliq tushumlarini koʻpaytirish 
byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yoʻli boʻlib, u uzoq 
muddat talab etadigan soliq islohoti oʻtkazilishini talab etadi. Bu 
islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, 
soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan koʻproq mulk egalari va mulkdan 
foydalanuvchilar zimmasiga oʻtkazish orqali soliqlar tushumini 
koʻpaytirishni koʻzda tutadi. 
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul 
mablagʻlarini olib qoʻyish va davlat qarzlarini toʻlash kiradi. 
Davlat qarzlarini toʻlash nominal daromadlar va muomaladagi pul 
massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi 
mumkin. Shu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablagʻlarni muzlatib qoʻyish 
byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir. 
Byudjet taqchilligi asosan noinflyatsion usullar bilan, ya’ni davlat 
obligatsiyalari chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar 
hisobiga moliyalashtirilmoqda. Respublikamizda oʻtkazilayotgan soliq-


537 
byudjet siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlab turish, ustuvor 
tarmoqlarni investitsiyalash, ta’lim sohasini jadal rivojlantirish, aholini 
ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-chizma.  Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish