530
ΔY – daromadlarning oʻsishi.
Progressiv soliq tizimi multiplikator samarasini yumshatadi va
ishlab chiqarish hamda bandlilik darajalarini barqarorlashtiradi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi
xarajatlar multiplikatori
soliqqa tortish hisobga olinmagan holdagi soliq multiplikatoridan ancha
kichikroq miqdorga ega, chunki daromadlarga
aylangan xarajatlarning
bir qismi soliqlarga chegirilib, muomaladan
chiqadi va multiplikatsiya
samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani solishtirganda ham koʻzga
tashlanadi. Shuningdek, ochiq iqtisodiyotda
oshgan daromadlarning bir
qismi importga yoʻnaltirilishi oqibatida muomaladan chiqib ketishi
tufayli multiplikator samarasi yopiq iqtisodiyotga nisbatan pastdir.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikator
va muvozanatli
ishlab chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini yechib topiladi:
Y=C+I+G+Xn
C=a+b(1-t) x Y
Xn=g+m’Y
Agarda (2) va (3) tenglamalarni asosiy makroiqtisodiy ayniyatga
qoʻyib, yechsak quyidagi yechimga ega boʻlamiz:
1
Y= ------------------- (a+I+G+g)
1(1-b(1-t)+m’
Bu yerda: 1 / 1(1-b(1-t)+m’ ochiq iqtisodiyotda
davlat xarajatlar
multiplikatori.
Muvozanatli daromadlar darajasiga soliqlarni kamaytirish ham
multiplikativ ta’sir koʻrsatadi. Soliqlar miqdorini ΔT ga kamaytirsak,
tasarrufdagi daromad darajasi ΔT ga oshadi. Iste’mol
xarajatlari mos
tarzda ΔTx b (bu yerda b-iste’molga chegaraviy moyillik) miqdorga
oshadi va u rejalashtirilgan xarajatlar egri chizigʻini
yuqoriga siljitadi,
milliy ishlab chiqarish hajmini esa ΔU ga oshiradi.
Soliq multiplikatsiya samarasi davlat xarajatlari singari soliqlarning
bir marta oʻzgarishi oqibatida iste’molning bir necha bor oʻzgarishiga
bogʻliq.
531
T↓(ΔT) Yd↑ (ΔYd= -ΔT) C↑ (ΔC=b(-ΔT)) E↑ (ΔE=b(-ΔT))
Y↑ (ΔY=b(-ΔT) C↑ (ΔC=b(b(-ΔT)) E↑ (ΔE=b
2
(-ΔT)) Y↑
(ΔY=b
2
(-ΔT))
C↑ (ΔC=b(b
2
(-ΔT))) va h.k.
Demak, soliq multiplikatorini quyidagicha tasvirlash mumkin: