Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

26.2. Davlat byudjetining daromadlari 
 
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini 
taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri 
boʻlib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy 
shaxslarga tegishli boʻlgan daromadlar va jamgʻarmalarning bir qismini 
byudjetga 
oʻtkazilishi 
natijasida 
vujudga 
keladi. 
Byudjet 
daromadlarining 
moddiy-buyumlashgan 
mazmunini 
davlatning 


521 
ixtiyoriga borib tushgan pul mablagʻlari tashkil etadi. Bu byudjet 
kategoriyasining namoyon boʻlish shakli byudjetga tushuvchi turli 
soliqlar, toʻlovlar, yigʻimlar, bojlar va ajratmalardan iborat. 
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi 
ichki mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini koʻrsatadi. 
Ularning absolyut hajmi va salmogʻi mamlakatning yalpi ichki 
mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda 
davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa 
vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat byudjetida 
mablagʻlarni yigʻish miqdori va ularni undirishning shakl va metodlari 
aniqlanadi. 
Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayoni quyidagi prinsiplarga 
asoslanishi maqsadga muvofiqdir: 

soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi 
manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak; 

soliqlar ularni toʻlovchilar oʻrtasida teng taqsimlanmogʻi lozim; 

soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga 
ta’sir koʻrsatmasligi; 
- soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 
- davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq 
boʻlishi lozim; 
- soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib 
chiqarmasligi kerak; 
- subyektlarning mustaqil faoliyat koʻrsatishiga sharoit yaratish, 
ya’ni, subyektlarga tegishli boʻlgan mablagʻlarning bir qismini davlat 
byudjetiga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir 
koʻrsatmasligi kerak. 
Chegaradan oʻtib ketilganda subyektlarning mustaqilligini 
yoʻqotishiga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki 
rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning oʻsish sur’atlarini 
ta’minlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi 
boshlanadi; 
- subyektlarning xatti-harakati va intilishiga bogʻliq boʻlmagan 
holda vujudga kelgan daromadlarning toʻliq yoki qisman byudjetga 


522 
olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha 
daromadlar davlatning ixtiyoriga oʻtishi kerak. Bu prinsipning ta’siri 
ostiga subyektlar ma’muriyati notoʻgʻri, noqonuniy harakati (masalan, 
davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida olingan daromadlar 
ham kiritilmogʻi lozim; 
- ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun 
korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga 
olish. Bu prinsip davlat byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining 
mablagʻlari hisobidan tashkil etishda qoʻllanilishi mumkin. U davlat 
korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi va bir vaqtning oʻzida 
ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning manfaatlarini ta’minlaydi; 
- byudjet mexanizmining ragʻbatlantiruvchi ta’sirini ta’minlash. 
Mablagʻlarni subyektlar ixtiyorida byudjetga oʻtkazilishi ularning 
samarali faoliyat koʻrsatishga ragʻbatlantirishi kerak.
- byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu 
prinsip 
byudjet 
daromadlarini 
aholi 
mablagʻlari 
hisobidan 
shakllantirishda qoʻllanilib, uning natijasida aholi daromadlari 
darajasiga bogʻliq ravishda bir qismi byudjetga oʻtkaziladi. 
Davlat byudjetining daromadlari oʻzlarining manbalari, ijtimoiy-
iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va toʻlovlarning turi, 
mablagʻlarning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga 
muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. 
Davlat byudjetining daromadlari oʻz manbalariga koʻra quyidagi 
guruhlarga boʻlinadi: 
- soliqli daromadlar; 
- soliqsiz daromadlar; 
- tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda oʻtkaziladigan pul 
mablagʻlari. 
Byudjetning 
soliqli 
daromadlari 
tarkibi 
mamlakat 
soliq 
qonunchiligiga 
muvofiq umumdavlat soliqlari va yigʻimlari, mahalliy soliqlar va 
yigʻimlar, bojxona bojlari, boj yigʻimlari va boshqa boj toʻlovlari, davlat 
boji, penya va jarimalardan iborat. 
Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 


523 
-davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va 
yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlangan soliq va 
yigʻimlardan soʻng); 
-byudjet tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan toʻlovli xizmatlardan 
kelgan daromadlar (soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka 
muvofiq toʻlangan soliq va yigʻimlardan soʻng); 
-fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qoʻllash 
natijasida olingan mablagʻlar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon 
toʻlashlar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash 
boʻyicha olingan mablagʻlar hamda majburiy undirilgan boshqa 
mablagʻlar; 
- moliyaviy yordam koʻrinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va 
byudjet kreditlaridan tashqari); 
- boshqa soliqsiz daromadlar. 
- Tushumlarning quyidagi koʻrinishlari ham byudjet daromadlari 
tarkibida hisobga olinishi mumkin: 
- davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara 
haqi yoki boshqa koʻrinishda olinadigan mablagʻlar; 
- kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjet mablagʻlarining 
qoldigʻi boʻyicha foizlar koʻrinishida olinadigan mablagʻlar; 
- davlat mulkiga tegishli boʻlgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli 
boshqaruvga berishdan olinadigan mablagʻlar; 
-qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy 
davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan byudjet 
mablagʻlaridan foydalanganlik uchun haq; 
- davlatga qisman tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari ustav 
kapitalining hissasiga yoki aksiyalar boʻyicha dividendlarga toʻgʻri 
keladigan foyda koʻrinishidagi daromadlar; 
- davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va 
yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlangan soliq va 
yigʻimlardan soʻng); 
- davlatga tegishli boʻlgan mol-mulkdan foydalanish natijasida 
olinadigan qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa daromadlar. 
Byudjetning daromadlar qismini toʻldirishning manbalaridan biri 


524 
byudjet tizimida boshqa darajada turgan dotatsiyalar, subvensiyalar va 
subsidiyalar yoki mablagʻlarni qaytarilmaslik va tiklamaslik shakllarida 
olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar 
mablagʻlarni oluvchi byudjetning daromadlarida oʻz ifodasini topishi 
kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy 
davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda 
oʻtkazilayotgan mablagʻlar ham byudjetning shunday daromadlari 
tarkibiga kiradi. 
Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi 
tartibda klassifikatsiyalanadi: 
1. Toʻgʻri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik 
shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish 
korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan davlat byudjetiga ajratmalar; 
yagona soliq toʻlovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan 
birgalikda) davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning 
daromadidan olinadigan soliqlar va tadbirkorlik faoliyati bilan 
shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan 
olinadigan qat’iy soliqlar kiradi. 
2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qoʻshilgan qiymat 
soligʻi; aksizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan 
yagona boj toʻlovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va 
gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqdan iborat. 
3. Resurs toʻlovlari va mol-mulk soligʻi. Bu guruhga kiruvchi 
soliqlar va toʻlovlar mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; yerosti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliqni oʻz ichiga oladi. 
4. Ustama foydadan olinadigan soliq. 
5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun 
soliq. 
6. Boshqa daromadlar. 
Oʻzining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga koʻra davlat byudjetining 
daromadlari ikki guruhga boʻlinishi mumkin: 
– xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar; 
– aholidan tushumlar. 


525 
Mulkchilik shakliga koʻra davlat byudjetining daromadlari quyidagi 
koʻrinishlarda boʻlishi mumkin: 
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; 
– davlat xoʻjaliklaridan olinadigan daromadlar; 
– aholidan olinadigan mablagʻlar. 
Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb 
qilinishi mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal 
qiluvchi rol 
oʻynaydi. Ixtiyoriy shakldagi toʻlovlarga davlat 
obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini realizatsiya qilishdan 
olingan 
tushumlar 
kiradi. 
Davlat 
byudjeti 
daromadlarini 
shakllantirishdagi majburiylik – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
ma’lum bir mablagʻlar belgilangan muddatlarda byudjetga oʻtkazilishi 
zarurligini anglatadi. U yoki bu toʻlovni qonun tomonidan majburiy deb 
e’tirof etilishi toʻlanmagan summalarning majburiy undirilishini koʻzda 
tutadi.
Subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil 
metodlarni qoʻllab, olinishi mumkin: 
1) soliqli metodlar; 2) nosoliqli metodlar.
Soliqli metodlar uchun mablagʻlarning davlat byudjeti foydasiga 
aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan oʻrnatilgan muddatlarda 
undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki 
mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi 
bilan bogʻliq. Ular yordamida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va aholiga 
tegishli boʻlgan mablagʻlarning bir qismi davlat ixtiyoriga oʻtkaziladi. 
Soliqlarning tarkibiga qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksizlar, daromad 
(foyda) soligʻi, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va boshqa soliqlar kiradi. 
Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli boʻlgan korxona va 
tashkilotlardan olinadigan toʻlovlardir. Davlat mulkiga aylanadigan va 
qaytarishni talab etmaydigan mablagʻlar ham davlat byudjetining 
daromadlari boʻlishi mumkin. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish