Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
 


517 
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan 
foydalaniladi: 
 
 
Davlat byudjetiga toʻlovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va 
boshqalar), eng avvalo, toʻlovchilarning xarajatlaridan iborat boʻlib, 
ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning oʻzida ular davlat 
byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan 
taqsimlash 
munosabatlariga 
kirishgan 
ishtirokchilar 
(tomonlar) 
oʻrtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat 
byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor boʻlsa, bu narsa u 
yoki bu darajada toʻlovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) 
manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari oʻzining 
yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy 
ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. 
Byudjet daromadlari davlatning subyektlar (xoʻjaliklar va aholi) 
bilan oʻzaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini 
ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil boʻlishiga qaramasdan, ular 
umumiy belgilarga ega va umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab 
chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida 
maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari oʻzlarining iqtisodiy tabiatiga 
koʻra obyektiv boʻlib, ular davlatning subyektlar (xoʻjaliklar va aholi) 
bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning obyektiv zarurligi 
davlatning oʻziga xos funksiyalarga ega boʻlgan mavjudligi bilan 
belgilanadi. 
Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan 
iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga toʻlovlar) va yanada 
taqsimlash obyekti (byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va 
moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining 
2) davlat byudjetining 
daromadlari
1) byudjetga toʻlovlar 
(soliqlar, ajratmalar, bojlar 
va boshqalar)


518 
daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi boʻlib, ularni 
shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet mexanizmi 
orqali amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, 
ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, 
boshqa tomondan esa — subyektlarning ixtiyoriga tushadigan 
qaytarilmaydigan mablagʻlar boʻlib, ularning daromadlariga aylanadi va 
ular tomonidan turli maqsadlarga moʻljallangan tegishli fondlarni 
shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat 
byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining 
oraliq bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu yerda byudjet fondlarining 
egasi — davlat va pul mablagʻlarini oluvchilar — subyektlar oʻrtasida 
yangi taqsimlash munosabatlari paydo boʻladi. Daromadlar singari, 
davlat byudjetining xarajatlari ham obyektiv iqtisodiy kategoriyadir. U 
kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir 
yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ularning moddiylashuvi 
byudjetdan subyektlarga pul mablagʻlarining teskari oqimi bilan 
xarakterlanadi. 
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda 
umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablagʻlarni byudjetlar ichida 
taqsimlash va subyektlarni byudjetdan moliyalashtirish natijasida 
vujudga keladigan, oʻzaro bogʻlangan taqsimlash munosabatlarining 
butun kompleksi tushuniladi. Davlat byudjeti koʻp sonli va boʻlingan 
taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki mahsulot harakatining 
asosiy yoʻnalishlarida namoyon boʻladi. Aynan byudjet iste’mol va 
jamgʻarish fondlarining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga 
ajralishiga, sof daromadning davlat va subyektlar oʻrtasida boʻlinishiga 
hal qiluvchi ta’sir koʻrsatadi. Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi 
koʻrinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va 
ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat 
byudjeti deyiladi. 


519 
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati 
namoyon boʻladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan 
taqsimlash munosabatlarining mazmunida yaqqol koʻrinadi. 
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu 
jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat 
byudjetining taqsimlash funksiyasi oʻziga xos boʻlgan xususiyatga ega 
boʻlib, undan taqsimlangan yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashda 
foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet 
mablagʻlari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga 
chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga boʻlinadi 
va koʻp sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va 
fondlarni shakllantirishga yoʻnaltiriladi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot 
va ijtimoiy sohaning barcha boʻlinmalari bevosita yoki bilvosita 
bogʻlangandir. 
Davlat 
byudjetining 
nazorat 
funksiyasi 
ham 
oʻziga xos 
xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni 
tezkor boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng 
foydalanish uchun sharoit yaratadi. 
Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli boʻlgan ikkinchi 
xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida 
davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib 
chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi 
organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda 
boʻysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, oʻz navbatida, yuqoridan 
quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit 
yaratib beradi. 
1) taqsimlash; 
Davlat byudjeti ikki xil 
funksiyani bajaradi: 
2) nazorat. 


520 
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat 
funksiyasiga tegishli boʻlgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki 
boʻlganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy iqtisodiyotni 
boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi:
1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul 
mablagʻlarini jalb qilish; 
2) mablagʻlarni sarflashning qonuniyligini ta’minlash; 
3) byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishning samaradorligini 
oshirishni koʻzda tutadi. 
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat 
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi koʻrinishda boʻlishi 
mumkin: 
- moliyaviy resurslarga boʻlgan yangi talabni kelgusi byudjet yilida 
byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish; 
- moliyaviy resurslarga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojni mavjud 
byudjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir 
obyektdan ikkinchisiga oʻtkazish yoʻli bilan qondirish. Bunday 
imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim subyektlarning oʻzlariga 
taqdim etilgan moliyaviy resurslarni toʻliq oʻzlashtirishning uddasidan 
chiqa olmasligi bilan izohlanadi; 
- qoʻshimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan 
qoplash va boshqalar. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish