Aktivlar narxlari kanalining inflyatsiya darajasiga ta’siri
pul-kredit siyosatining oʻzgarishi natijasida aktivlar narxlarining
oʻzgarishi tufayli kuzatiladi.
Xususan, mazkur kanal samarali amal qilgan sharoitda pul-kredit
shartlarining yengillashtirilishi hisobiga davlat qarz majburiyatlari
boʻyicha
foiz
stavkasining
pasayishi
moliyaviy
resurslarning
daromadliligi
yuqoriroq
boʻlgan
muqobil
aktivlarga
qayta
yoʻnaltirilishiga olib keladi. Natijada muqobil aktivlarning narxi va
bunga mos ravishda inflyatsiya darajasining oshishi kuzatiladi.
Ta’kidlash joizki, davlat obligatsiyalari, kapital va koʻchmas mulk
bozorlarining
rivojlanganlik
darajasi
va
samarali
faoliyati,
oʻz navbatida, mazkur kanal ta’sirchanligini belgilaydigan asosiy
omillardan hisoblanadi.
Bunda markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarining
samaradorlik darajasi mazkur siyosatdagi oʻzgarishlarning (qisqa
504
muddatli foiz stavkalari, rezerv pullar) boshqa soha va tarmoqlarga
ta’siri xususiyati, tezligi va intensivligi orqali belgilanadi.
Umuman olganda, oʻtkazish kanallarining amal qilishi bank va
moliya
sohasidagi
raqobat
muhiti,
muqobil
moliyalashtirish
manbalarining mavjudligi, moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik
darajasi va samaradorligi, moliyaviy vositachilik xizmatlarining sifati va
qamrovi, valyuta kursi rejimi, kapitallar harakati, investitsiya uchun
xavfsiz moliyaviy instrumentlarning mavjudligi kabi bir qator omillarga
bogʻliq.
Inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish bozor mexanizmlari asosida
erkin shakllanadigan suzib yuruvchi valyuta kursining amal qilishini
talab etadi.
Bunda,
Markaziy
bankning
valyuta
siyosati
va
intervensiya
strategiyasining aniq belgilab olinishi, shaffoflikning ta’minlanishi
hamda qabul qilinayotgan qarorlarni valyuta bozori ishtirokchilari
tomonidan toʻliq tushunilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, ichki valyuta bozorini erkinlashtirishda
milliy valyuta ayirboshlash kursining shakllanishida bozor sharoitlarini
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning davom ettirilishi Markaziy
bankning mazkur yoʻnalishdagi ustuvor vazifasi boʻlib qoladi.
Ushbu maqsadda Markaziy bankning valyuta kurslari shakllanish
jarayoniga aralashuvini kamaytirib borish, valyuta intervensiyasi
strategiyasini erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tamoyillari asosida
takomillashtirish hamda iqtisodiyot subyektlari va valyuta bozori
ishtirokchilarini yangi sharoitlarda ishlashga tayyorlab borish koʻzda
tutilmoqda.
Oʻrta muddatli davrda Markaziy bank intervensiyalarining valyuta
kursi shakllanishiga yuqori darajada ta’sir koʻrsatishining oldini olish
maqsadida keyingi davrlarda amalga oshiriladigan intervensiyalar
neytral xususiyatga ega boʻladi.
Xalqaro amaliyotda valyuta bozorida almashuv kursining erkin
oʻrnatilishida Markaziy bankning minimal ishtiroki talab etiladi. Bunda
faqatgina inqirozli vaziyatlar yuzaga kelgandagina valyuta kursining
505
keskin tebranishlarini oldini olish va valyuta bozorini barqarorlashtirish
maqsadida Markaziy bank intervensiyani amalga oshiradi.
Biroq Oʻzbekiston sharoitida Markaziy bankning valyuta bozorida
muntazam ishtirok etish zaruriyati Markaziy bank tomonidan mahalliy
ishlab chiqaruvchi korxonalardan monetar oltin va boshqa qimmatbaho
metallarni bevosita sotib olinishi bilan izohlanadi.
Qimmatbaho metallarning bevosita Markaziy bank tomonidan
sotib olinishi milliy valyutadagi mablagʻlarning toʻgʻridan-toʻgʻri
iqtisodiyotga tushishiga va inflyatsion xatarlar oshishiga olib keladi.
Ayni vaqtda qimmatbaho metallarni sotishdan tushadigan valyuta
mablagʻlari esa ichki valyuta bozoriga tushmaydi.
Markaziy bank tomonidan qimmatbaho metallarning toʻgʻridan-
toʻgʻri xarid qilishining salbiy ta’sirini oldini olish va valyuta bozori
muvozanatliligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank valyuta
bozorida tegishli miqdorlarda xorijiy valyutaning muntazam sotuvini
amalga oshirib boradi.
Xalqaro
amaliyotda
ishlab
chiqaruvchilardan
qimmatbaho
metallarni xarid qilish va valyuta tushumlarini ichki valyuta bozorida
sotish borasidagi toʻlaqonli va samarali vositachilik funksiyasini
Markaziy bank tomonidan bajarilishi toʻgʻridan-toʻgʻri intervensiya
hisoblanmaydi.
Bunda Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaning sotilishi
faqatgina vositachilik xususiyatiga ega boʻlib, Markaziy bankning
valyuta bozoridagi faol ishtiroki almashuv kursini boshqarish maqsadini
koʻzlamaydi hamda klassik ma’nodagi intervensiya deb hisoblanmaydi.
Bugungi kunda aholining inflyatsion kutilmalari koʻp jihatdan
valyuta bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bogʻliqligini
inobatga olgan holda, qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining
barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining muhim vazifalaridan
biri hisoblanadi.
Bunda, almashuv kursi barqarorligini ta’minlash vazifasi bevosita
markaziy bankning toʻgʻridan-toʻgʻri intervensiyalari hisobiga emas,
balki quyidagi choralarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish
orqali ta’minlanadi:
506
- qisqa muddatli davrda valyuta kursi oʻzgarishi tebranishlari
kengligini bosqichma-bosqich oshirish yoʻli bilan valyuta bozoridagi
talab va taklif muvozanatiga erishish hamda valyuta bozorini
ta’minlanganlik darajasini oshirish;
- pul-kredit siyosatining foiz va boshqa instrumentlarini ustuvor
ravishda qoʻllash hamda bank tizimida tegishli hajmdagi likvidlikni
saqlab turish orqali valyutaga boʻlgan talabga ta’sir koʻrsatish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaziy bank “xalqaro
valyuta zaxiralarining neytralligi” tamoyiliga amal qiladi, ya’ni ishlab
chiqaruvchilardan qimmatbaho metallarni xarid qilish natijasida bank
tizimiga tushgan milliy valyutadagi mablagʻlarning sterilizatsiyasini
amalga oshiradi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotda mavjud yuqori inflyatsion bosimning
milliy valyuta kursi barqarorligiga salbiy ta’sirini inobatga olib,
kelajakda valyuta kursining barqarorligini ta’minlash koʻp jihatdan
inflyatsiya darajasini pasaytirishga bogʻliq boʻladi.
Real almashuv kursining muvozanatli darajasini ta’minlash uchun
valyuta kursining dinamikasi ichki bozordagi hamda asosiy savdo
hamkor mamlakatlardagi narxlar darajasining oʻzgarishini oʻzida aks
ettirishi kerak.
Ushbu jihatlar hamda valyuta bozorining joriy rivojlanganlik
darajasini inobatga olgan holda, Markaziy bank intervensiya siyosatida
dastlabki bosqichlarda asosiy e’tibor fundamental omillar emas, balki
qisqa muddatli davrda valyuta bozorida talab va taklifning
nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladigan valyuta kursidagi keskin
tebranishlarning oldini olishga qaratiladi.
Oʻrta muddatli istiqbolda ichki valyuta bozorini rivojlantirish
vazifasiga valyutani tartibga solish va valyuta kursi shakllanishini
liberallashtirish, jumladan, almashuv kursi tebranishi chegaralarini
oshirish vositasida erishiladi.
Bu,
oʻz navbatida, valyuta bozorining rivojlanish va
ta’minlanganlik darajasini oshirishga hamda valyutaga boʻlgan talab va
taklifning muvozanatiga erishish uchun bozor mexanizmlarini
takomillashtirishga xizmat qiladi.
507
Valyuta svopi, valyuta opsionlari, fyucherslar va shu kabi
instrumentlarni amaliyotga joriy qilinishi valyuta bozorini rivojlantirish
va valyuta almashuv kursi barqarorligini ta’minlash uchun qoʻshimcha
imkoniyatlarni yaratadi.
Inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish jarayonida samarali pul-kredit
siyosatini amalga oshirish, oʻz navbatida, pul-kredit siyosati
instrumentlari ta’sirini cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni
talab etadi.
Iqtisodiyotda
narxlar
barqarorligini
ta’minlash
vazifasi
pul-kredit siyosati instrumentlari samaradorligiga hamda uning
transmission mexanizmini koʻrilayotgan choralarni iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlariga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazish imkoniyatiga
bogʻliq.
Pul-kredit
siyosatini
rivojlantirishning
hozirgi
bosqichida
zamonaviy pul-kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini
takomillashtirish va ularning ta’sir mexanizmini mustahkamlash,
shuningdek, ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish boʻyicha
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda e’tibor
qaratiladi.
Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira
talablarini takomillashtirish ham koʻzda tutilgan. Bunda, amaldagi
majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga qoʻyilgan prudensial
talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari, valyutasi va
hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi.
Majburiy zaxiralashning amaldagi tartibiga muvofiq, zaxiralash
valyutasi tijorat banklari tomonidan mustaqil tanlanadi. Mazkur
amaliyot banklarga valyuta aktivlarini majburiy zaxiraga yoʻnaltirish
orqali saqlash va buning natijasida boʻshaydigan milliy valyutadagi
mablagʻlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
Bugungi kunda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy
zaxiralari tarkibida xorijiy valyutaning ulushi umumiy summaning
90 foizidan ziyodini tashkil etayotganligi ushbu instrumentning soʻm
likvidligini tartibga solish samaradorligini pasaytirmoqda.
508
Natijada tijorat banklari milliy valyutadagi qoʻshimcha moliyaviy
resurslarga
ega
boʻlishi
pul-kredit
siyosati
instrumentlari
ta’sirchanligining kamayishiga hamda bank tizimi likvidligini
boshqarishdagi majburiy zaxiralash instrumenti samaradorligining
pasayishiga olib kelmoqda.
Xalqaro
tajribani
oʻrganish natijalari mazkur instrument
samaradorligini oshirish va qoʻllanilayotgan me’yorlarning bank tizimi
likvidligiga ta’sirini aniq baholash maqsadlarida tijorat banklari
tomonidan zaxiralash valyutasini erkin tanlash imkoniyatini chegaralash
maqsadga muvofiqligini koʻrsatmoqda.
Majburiy zaxiralar shakllantiriladigan majburiyatlar roʻyxatini
qayta koʻrib chiqilishi, jumladan, roʻyxatga jismoniy shaxslar depozitlari
va boshqa moliyaviy resurs manbalarining kiritilishi zaxiralash
tartibidagi mavjud tafovut va nomutanosibliklarni kamaytirish imkonini
beradi.
Depozit va kreditlarning umumiy hajmida xorijiy valyutadagi depozit va
kreditlar ulushining yuqoriligi pul-kredit siyosati instrumentlarining
samaradorligini cheklovchi yana bir omil hisoblanib, amaldagi majburiy
zaxiralash tartibining takomillashtirilishini taqozo qiladi.
Bu borada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan takrorlanishlarning
oldini olish maqsadida zaxiralash talablariga tegishli tuzatishlar
kiritilishi talab etiladi.
Majburiy zaxiralash tartibini takomillashtirish va talablarning
maqsadli darajalarini belgilashda bank tizimidagi likvidlik hajmi va
tijorat banklarining moliyaviy holati hisobga olinadi.
Shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsion xatarlarning pasayib
borishini va bank tizimidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda
majburiy zaxira talablarini oʻrtachalash tartibini joriy etish masalasi
koʻrib chiqiladi. Bu esa, oʻz navbatida, banklarning moliyaviy holatini
mustahkamlashga
va
moliyaviy
resurslarning
qiymatini
maqbullashtirishga xizmat qiladi.
Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatining foiz
instrumentlaridan foydalanishda asosiy e’tibor tijorat banklarining
likvidligini
boshqarish
maqsadlariga
qaratiladi.
Bunda
bozor
509
instrumentlarini qoʻllashni faollashtirish vazifalaridan kelib chiqib,
Markaziy bank foiz instrumentlarining samaradorligi oshirib boriladi.
Xususan, ularning ta’sirini oshirish maqsadida likvidlik taqdim etish va
tijorat banklarining mablagʻlarini Markaziy bank depozitlariga jalb
qilish operatsiyalarining turlari va hajmlarini kengaytirish nazarda
tutilgan.
Pul-kredit
siyosatining
asosiy
moʻljali
sifatida
monetar
operatsiyalar boʻyicha asosiy stavka va foiz koridori joriy qilinishi
Markaziy bankning foiz instrumentlari ta’sirchanligini oshirish imkonini
yaratadi. Bundan tashqari, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pul-
kredit siyosatining operatsion parametrlari qaytadan koʻrib chiqiladi.
Kelajakda
Markaziy
bankning
garov
asosida
kreditlash
operatsiyalari muddatlari qayta koʻrib chiqilib, ularning turlari
optimallashtirilib umumlashtiriladi. Shu bilan birga, tijorat banklariga
milliy valyutadagi ortiqcha zaxiralarni joylashtirish imkonini beruvchi
depozit sxemalari joriy qilinib, bu foiz koridorining pastki chegarasini
saqlab qolinishini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, tijorat banklari likvidligini qoʻllab-quvvatlash
maqsadida garov ta’minoti turlari va tartibini kengaytirish orqali
likvidlik berish mexanizmini takomillashtirish koʻzda tutilmoqda.
Bank tizimidagi qisqa muddatli likvidlikni sifatli prognozlash masalasi
pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan samarali foydalanishda
katta ahamiyatga ega. Mazkur yoʻnalishda Markaziy bankning prognoz-
tahlil imkoniyatlarini kuchaytiriladi, bu borada Moliya vazirligi va
boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik va axborot
almashinuvi yanada mustahkamlanadi.
Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga
solishning asosiy bozor instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari
hisoblanadi. Pul-kredit siyosatining faol bosqichga oʻtish sharoitida bank
tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion koʻrsatkichlarga mosligini
ta’minlashda ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda oʻtkazib
borish koʻzda tutilmoqda. Ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini
ishlab chiqishda quyidagilarga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi:
- operatsion maqsadlarga erishish;
510
- likvidlik oqimlarining keskin tebranishlarini qisqartirish;
- pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank foiz stavkasiga
yaqin darajada shakllanishini ta’minlash;
- instrumentlarning xarajat va foydaliligining maqbul nisbatiga
erishish;
- bozorni yanada rivojlantirish va boshqalar.
Bunda, ochiq bozor operatsiyalarida foydalaniladigan instrument
turlarini Markaziy bank tomonidan bosqichma-bosqich koʻpaytirilib
boriladi. Xususan, Markaziy bank iqtisodiyotdagi va bank tizimidagi
holatdan kelib chiqib, ochiq bozor operatsiyalari turlari va hajmlarini
belgilaydi, ular qatoriga:
- oʻzgarmas va oʻzgaruvchan stavkada cheklangan hajmdagi
kimoshdi savdolari;
- garov ta’minoti asosida milliy valyutada kreditlar berish;
- davlat qarz majburiyatlari chiqarilishi bilan ular boʻyicha REPO
operatsiyalari;
- milliy valyutadagi muddatli depozitlar va boshqalar kiradi.
Ochiq
bozor
operatsiyalarini
oʻtkazishda asosiy e’tibor
oʻtkaziladigan operatsiya muddatlarining likvidlik maqsadli darajasi
bilan muvofiqlashtirish, bozorni yanada rivojlantirish, operatsiyalarni
amalga oshirish jarayonlarining ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash
kabi vazifalarga qaratiladi.
Oʻz navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini
faollashtirish maqsadida 2018-yilda davlat qimmatli qogʻozlarini
muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni
amalga oshiradi.
Shu bilan birga, Markaziy bank operatsiyalarini takomillashtirishga oid
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish
ishlari davom ettiriladi. Ta’sirchan foiz siyosatini amalga oshirishda
banklararo pul bozorining samarali ishlashi muhimligini inobatga olib,
Markaziy bank ushbu bozorning har tomonlama rivojlanishi uchun
zaruriy sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Xususan, 2018-
yilda qisqa muddatli likvidlik berish jarayonini takomillashtirish
511
maqsadida banklararo pul bozorining yagona elektron platformasini
ishga tushirish koʻzda tutilmoqda.
Ushbu tadbirning amalga oshirilishi tijorat banklarining boʻsh pul
mablagʻlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yagona platformaga jamlash va
bozor ishtirokchilari uchun foiz stavkalari dinamikasini kuzatish
imkonini yaratadi hamda foiz stavkalarining bozor mexanizmlari asosida
shakllanishiga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda yagona elektron platforma Markaziy bankning bozor
operatsiyalari orqali qisqa muddatli foiz stavkalariga tezkor ta’sir
koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va pul-kredit siyosati uzatish
mexanizmining foiz kanali ta’sirini kuchaytiradi. Pul-kredit siyosati
sohasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar va kutilayotgan natijalarni
keng jamoatchilikka yetkazish va ular tomonidan ma’lumotlarni toʻgʻri
qabul qilinishini ta’minlash maqsadida e’lon qilinadigan axborotlarda
soha mutaxassisi boʻlmaganlar uchun tushunarli boʻlgan til va
atamalardan foydalaniladi. Shu bilan birga, aholining moliyaviy
savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar koʻlami
kengaytirib boriladi. Oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlashga
oʻtish Markaziy bankning tahliliy va prognozlash salohiyatini
mustahkamlashni hamda bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni
talab qiladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasini
ishlab chiqish va uning instrumentlaridan samarali foydalanish vazifasi
koʻp jihatdan Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan tahlil va
prognozlar sifatiga bogʻliq. Puxta ishlab chiqilgan makroiqtisodiy
prognozlarga asoslangan pul-kredit siyosati ichki moliya bozorlaridagi
noaniqliklarni kamaytiradi, qabul qilinayotgan qarorlar mohiyatini
tushuntirishni yengillashtiradi va uning yoʻnalishlarini oldindan aniqlash
imkonini yaratadi. Bugungi kunda Markaziy bank xalqaro amaliyotlar
asosida prognozlash ishlarini tashkil etishning boshlangʻich bosqichida
turibdi. Bunda inflyatsiya darajasini prognozlashning dastlabki
modellarini tuzish borasida ilk qadamlar tashlangan.
Xususan, ARIMA (avtoregressiya – suzuvchi oʻrtachaning
integrallashgan modeli) modelida iste’mol narxlarining guruhlashtirilgan
indeksini qoʻllash va sinovdan oʻtkazish boshlandi. Shu bilan birga,
512
OLS (eng kichkina kvadratlar usuli) i VAR (vektorli avtoregressiya)
modellari ham qoʻllanmoqda. Ushbu modellarni qoʻllash oʻtgan
davrdagi ma’lumotlarga asoslanganligi bois oldingi yillardagi statistik
ma’lumotlarning sifati ishonchli prognozlarni ishlab chiqishda hal
qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, prognozlashning zamonaviy
tizimini shakllantirish bilan bir vaqtda statistik ma’lumotlarning
ishonchli bazasini yaratish boʻyicha ish olib borilmoqda. 2018–2021-
yillarda inflyatsiya va bank tizimidagi likvidlilikni omillar boʻyicha
tahlil qilish, toʻlov balansi statistikasini zamonaviy usullar asosida
tuzish, asosiy makroiqtisodiy hamda pul-kredit koʻrsatkichlarini
prognozlash va modellashtirish instrumentlarini takomillashtirish
boʻyicha ishlar yanada kuchaytiriladi.
Zaruriy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan bir qatorda
yarimtarkibiy va tarkibiy modellar asosida qoʻllaniladigan modellar
roʻyxatini kengaytirish koʻzda tutilmoqda. Shu bilan birga, Markaziy
bank tomonidan 2018-yildan boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion
kutilmalarni aniqlash borasida oʻtkazilayotgan soʻrovlar va kuzatuvlar
inflyatsion xatarlarni chuqur oʻrganish, pul-kredit siyosatini ishlab
chiqish va samarali amalga oshirishda koʻmak beradi. Narxlarning
shakllanish jarayonini har tomonlama oʻrganish, shuningdek, nomonetar
omillar ta’sirida vujudga kelishi mumkin boʻlgan inflyatsion xatarlarni
oldindan aniqlash va ularning ichki narxlar barqarorligiga ta’sirini
pasaytirish maqsadida Hukumat va tegishli vazirliklar bilan hamkorlik
munosabatlari takomillashtirib boriladi. Markaziy bank xalqaro moliya
institutlari va xorijiy mamlakatlar markaziy banklari bilan ham
hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajada davom ettiradi.
Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning instrumentlari rolini
kuchaytirish, bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognozlash hamda
pul bozoridagi operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018–
2021-yillarda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining maxsus texnik
missiyalarini jalb qilish, xorijiy mamlakatlar Markaziy banklari ilgʻor
tajribasini oʻrganish va oʻzaro tajriba almashish amaliyotini kengaytirish
koʻzda tutilmoqda.
513
Xorijiy mamlakatlarning inflyatsion targetlashga oʻtish tajribasi
ushbu rejimga oʻtishga tayyorgarlik koʻrish bosqichining hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatmoqda. Inflyatsion targetlash rejimiga
oʻtish tadbirlarini yakunlash uchun talab etiladigan uzoq muddatni
inobatga olib oraliq davrda amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati
narxlar barqarorligini ta’minlash va zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni
yaratish chora-tadbirlarini qamrab oladi. Inflyatsion targetlashga oʻtish
davrida asosiy e’tibor 2017–2021-yillarda pul-kredit siyosatini yanada
takomillashtirish va inflyatsion targetlash tizimiga bosqichma-bosqich
oʻtish boʻyicha chora-tadbirlar Kompleksida koʻzda tutilgan rejalarni
toʻlaqonli bajarilishini ta’minlashga, iqtisodiy islohotlar davrida
inflyatsion bosim va risklarning oldini olishga hamda iqtisodiy-huquqiy
bazani mustahkamlashga qaratiladi.
Xususan, qonunchilik asoslarini mustahkamlash borasidagi
tadbirlar “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi,
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati
toʻgʻrisida”gi qonunlarga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni oʻz ichiga
oladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarga kiritiladigan oʻzgartirishlar asosan
quyidagilarni nazarda tutadi:
- Markaziy bank operatsion faoliyati mustaqilligini mustahkamlash
va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasini Markaziy bankka
yuklash;
- valyutani tartibga solishning ustuvor yoʻnalishlarini va aniq
me’yorlarini oʻrnatish, shuningdek, valyuta bozorini rivojlantirish
hamda uning bir maromda faoliyat yuritishi uchun zaruriy sharoitlar
yaratish;
- bank faoliyatini tartibga solishning bozor mexanizmlari va
tamoyillarini qoʻllashni kengaytirish, shuningdek, sohada raqobat
muhitini kuchaytirishning kafolatlari hamda sharoitlarini ta’minlash va
boshqalar.
Oraliq davrda amalga oshiriladigan asosiy vazifalardan biri Markaziy
bankning valyuta bozorida market-meykerlik rolini pasaytirgan holda,
514
valyuta bozorini rivojlantirish hamda almashuv kursi barqarorligini
ta’minlashning bozor mexanizmlariga oʻtish hisoblanadi.
Bozor
mexanizmlari
ta’sirida
almashuv
kursining
moslashuvchanligini oshirish, oʻz navbatida, ichki valyuta bozorining
kengayishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarda oltin-
valyuta rezervlarini maqsadli darajada saqlash bilan bir qatorda valyuta
bozorida qimmatbaho metallarni sotishdan tushgan xorijiy valyutadagi
daromadlarni muntazam ravishda sotish dasturini ishlab chiqish va joriy
etish koʻzda tutilmoqda.
|