502
Ichki valyuta bozorining liberallashtirilishi jarayonida milliy
valyuta almashuv kursining devalvatsiyasi aholining inflyatsion
kutilmalarini oshirib, valyuta kanalining inflyatsion
kutilmalar kanali
bilan aloqasini kuchaytirdi.
Bunda, inflyatsion targetlashga oʻtish almashuv kursining erkin
bozor sharoitida shakllanishi talab qilinishini inobatga olib, valyuta kursi
kanali va aholining inflyatsion kutilmalari darajasi orasidagi
aloqadorlikning muntazam ravishda kamaytirib borilishi oʻrta muddatli
davrdagi muhim
vazifalardan biri hisoblanadi (valyuta siyosati qismida
batafsil yoritilgan).
Inflyatsion kutilmalar kanali pul-kredit siyosatining inflyatsion
targetlash rejimi doirasida amalga oshirilishida
inobatga olinishi lozim
boʻlgan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy jarayonlar ishtirokchilari qarorlar qabul qilishlarida
nafaqat real bozor sharoitlarini, balki ularning kelajakdagi oʻzgarish
ehtimolini ham inobatga olishlarida inflyatsion kutilmalar kanali asosiy
ahamiyat kasb etadi. Xususan, korxona
va tadbirkorlar narxlarni
oʻrnatishlari va kelajakda ish haqi oʻzgarishini baholashlari uchun
inflyatsion kutilmalar muhim hisoblanadi.
Shu oʻrinda, mazkur kanalning asosiy xususiyati korxona va
tashkilotlar
tomonidan
mahsulot
va
xizmatlar
narxlarini
shakllantirilishida namoyon boʻladi. Bunda, kelajakda inflyatsiya
darajasining oshishini kutayotgan korxona
va tashkilotlar narxlarni
oshiradi, bu esa joriy inflyatsiya darajasining oʻsishiga olib keladi.
Shuni ta’kidlash joizki, kutilmalar kanali yuqorida keltirilgan
toʻrtta kanallarning barchasi bilan oʻzaro bogʻliqdir. Masalan, pul
bozoridagi foiz stavkalari dinamikasining shakllanishi koʻp jihatdan
kelajakda kutilayotgan stavkalar darajasiga bogʻliqdir.
Iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning markaziy bank maqsadli
koʻrsatkichlariga
nisbatan
yuqori
darajada
boʻlishi
jamiyatda
inflyatsiyani Markaziy bank tomonidan toʻla nazoratga
olish borasidagi
shubhalarni keltirib chiqaradi. Mazkur vaziyat foiz stavkasini keskin
oshirish zaruriyatini tugʻdirishi mumkin.
503
Oʻzbekiston sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish va
erkinlashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan davrda inflyatsion
kutilmalar oshishi va kelajakda ma’lum muddat davomida saqlanib
qolishi mumkin.
Inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish Markaziy bankning kelajakda
amalga oshirilishi kutilayotgan siyosatiga
jamoatchilik ishonchini
oshirish va shu asnoda ijobiy inflyatsion kutilmalar shakllanishiga
erishishni talab etadi.
Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kelajakda narxlar
oʻzgarishi yuzasidan kutilmalarini baholash va monitoring qilish,
shuningdek, mazkur kutilmalarning xususiyatlari hamda unga ta’sir
koʻrsatuvchi omillarni atroflicha oʻrganish maqsadida 2018-yildan
boshlab Markaziy bank tomonidan iste’mol
narxlari dinamikasi va
inflyatsion kutilmalarni oʻrganish yuzasidan kuzatuvlar va soʻrovlar olib
borish amaliyoti joriy qilindi.
Bunda, Markaziy bank tomonidan inflyatsion kutilmalar
shakllanish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish va ularni modellashtirish
salohiyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.