Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

1 b 
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa 
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ 
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga 
koʻpaysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki 
undan kamroq summaga koʻpayadi. Buni balanslashgan byudjet 
multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byudjet multiplikatori birga 
teng yoki undan kichikroq boʻladi. 
Davlat xarajatlari oʻzgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ 
samara soliqlar pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan 
kattaroq boʻladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is’temol 
hajmiga ta’siri (soliqlar oʻzgarishi ta’siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi 
oqibatidir. 
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol oʻynaydi. 
Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi boʻlsa, davriy 
pasayishni tugatish uchun oʻz xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani 
cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq boʻladi. 


533 
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan 
boʻlsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy 
koʻtarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yoʻl 
hisoblanadi. 
 
26.5. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Byudjet taqchilligi va 
ortiqchaligi 
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya 
sur’atlari va toʻlov balansi holatini oʻzgartirishga yoʻnaltirilgan maxsus 
qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat 
byudjeti qoldigʻini maqsadli oʻzgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. 
Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni 
ragʻbatlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni 
kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. 
Oʻz navbatida davriy koʻtarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga 
keltiriladi. 
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim 
rol oʻynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt 
oraliqlari bilan bogʻliq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion 
zoʻriqishning paydo boʻlishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan 
muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini 
oʻzgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash 
jarayonlarining har biri oʻrtasida ma’lum vaqt oʻtadi. 
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat oʻzgaradi va koʻrilgan chora-
tadbirlar koʻtilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy 
tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish 
zarurati yuzaga keladi. 
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat 
byudjeti qoldigʻini avtomatik oʻzgartirishni koʻzda tutadi. Nodiskret 
fiskal 
siyosat 
oʻrnatilgan 
barqarorlashtirgichlarga 
asoslanadi. 
Rivojlangan davlatlarda oʻrnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini 
progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok 
etish tizimi oʻynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni 


534 
yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. 
Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari 
pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni 
kengaytirishga ragʻbatni yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek 
pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi 
toʻlovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif 
hajmini oshishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. 
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion 
ta’sir koʻrsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar 
stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir koʻrsatadi. Ayni 
paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining 
bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat 
vositalari iqtisodiy tebranishlarni toʻliq yumshatish imkonini bermaydi 
va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi. 
Iqtisodiyotning oʻrnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet 
taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bogʻliq. Davriy taqchillik 
(ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq 
tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining 
avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat 
byudjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. 
G,T T’
Byudjetning T=Ta+tY 
davri G=cont 
taqchilligi
G=Ga-γY
Y1 Y0 Y2 

Download 7,53 Mb.
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish