538
XXVII BOB. IS-LM MODELI VA UNING QOʻLLANILISHI
27.1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan
bogʻliqligi
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va
makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini
umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.
IS-LM modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks
tomonidan
keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi
hamda 1949- yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat”
nomli kitobi nashr qilinganidan soʻng keng yoyildi. Shu sababli bu
model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. IS -
LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida
birgalikda muvozanat oʻrnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda
tovarlar bozori deganda ham iste’mol ham investitsion tovarlar bozori
tushuniladi. Garchand iste’mol va investitsion
tovarlarga talab turli
omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb qaraladi.
Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat qogʻozlari koʻrinishidagi
qisqa muddatli kredit vositalarini oldi-sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu
bozorni obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda
ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar boʻyicha foiz stavkasidir.
IS - LM modeli (investitsiyalar-jamgʻarmalar, likvidlilikni afzal
koʻrish – pul) – yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni
aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanati modeli”
*
. AD-AS
modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga olingan edi. Ya’ni
tovarlar va xizmatlar baholarining koʻtarilishi pulga boʻlgan talabni
oshirishi bu esa oʻz navbatida foiz stavkasining koʻtarilishiga olib kelishi,
oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi
AD-AS modelida koʻzda tutilgan edi.
IS-LM modeli AD-AS modelini
*
Агапова Т.А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “Дело и
сервис”, 2005. с.191.
539
qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor
yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon boʻladi.
Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bogʻliq tarzda foiz
stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini
belgilaydi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va
narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular oʻzgarishining
oqibatlarini oʻrganish uchun asosiy model boʻlib hisoblanadi va boshqa
bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-
AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining
turli variantlari
tasvirlab berilishi mumkin.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab – yalpi
taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida
aniqlashtirgan boʻlib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va
yalpi taklif modelidan farqli oʻlaroq bu modelda narxlar darajasi va ish
haqi oʻzgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga koʻra tovar
moddiy
zaxiralarining
oʻsishi qisqa
muddatda makroiqtisodiy
muvozanatga erishishni belgilovchi omil boʻladi.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin boʻlgan
yoʻqotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan
faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy
nazariyasini koʻp hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab
komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning oʻzgarishi makroiqtisodiy
beqarorlik sabablaridan biridir.
Narxlarning muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi
tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi
yoki teng boʻlishi kerak.
IS egri chizigʻi bozordagi tovar va xizmatlar muvozanatini aks
ettiradi, LM esa bozorda real pul qoldiqlar
muvozanatini aks ettiradi,
buning natijasida, qachonki narx darajasi belgilangandagina IS-LM
birgalikda foiz stavkasi va milliy daromad qisqa vaqt ichida ishga
tushirilishini aniqlaydi. Oʻz navbatida IS-LM modelining 2 muhim
masalalarini tahlil qilish zarur.
540
Birinchidan, milliy daromadning potensial oʻzgarishlar sababini
koʻrib chiqmoq lozim. Biz milliy daromad oʻzgarishi
salohiyati
sabablarini nazada tutgan holda IS-LM modelining qanday ekzogen
oʻzgaruvchan holatlari (davlat xaridi, soliqlar va pul taʼminoti) berilganda
narx darajasining endogen oʻzgaruvchan (foiz stavkasi va milliy
daromad) taʼsirini koʻrishimiz mumkin. Shuningdek, tovarlar bozorida
(IS egri chizigʻi) va pul bozori (LM egri chizigʻi) boʻyicha turli qisqa
muddatlik foiz stavkasini va milliy daromadga qanday taʼsir
qilishini
koʻrib chiqish kerak.
Ikkinchidan, IS-LM modelining jami talab va jami taklif modeli
bilan moslashishini koʻrib chiqish zarur. Shu jumladan, biz IS-LM
modelining jami talab yigʻindisini va oʻrnini tushuntirish nazariyasini
taʼminlab beramiz. Bu yerda biz oʻz taxminlarimizni susaytirishimiz va
belgilangan narxlar darajasini va IS-LM modelidagi narxlari darajasini va
milliy daromad oʻrtasidagi salbiy munosabatni nazarda tutgan holda
koʻrsatishimiz kerak. Model bizga yana jami talabning qanday yonalishda
kengayishini aytib berishi mumkin.