486
Keyingi yillardagi bunday pasayish pul
multiplikator miqdorining
kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining koʻpayishiga olib
keladi. Tijorat banklari ortiqcha rezervlarining koʻpayishi ularning aktiv
operatsiyalarini koʻpaytiradi va bu iqtisodiyotning real sektori
rivojlanishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart
emas. Aksincha koʻpincha bir necha vosita birdaniga qoʻllanilishi, ya’ni
kompleks siyosat oʻtkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.
Xoʻsh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan
amalga oshiriladigan
pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar
darajasiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab
chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda.
Bunday
sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida koʻrib
chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul
taklifi oʻsadi, foiz stavkasi esa kamayadi.
Bu esa investitsiyalarga
boʻlgan talabni oshiradi va oʻz navbatida,
YaIM miqdorining
koʻpayishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda oʻz maqsadiga
erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi toʻxtaydi, ishsizlar soni
kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.
Pul-kredit siyosatining oqibati toʻgʻrisida
gapirganda, bu siyosatning
qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak.
Agarda
qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM
miqdori
oʻsishini ragʻbatlantirilgan hamda ma’lum
darajada
samaradorlikka erishilgan boʻlsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning
samaradorligi pasayishi mumkin.