24.4. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
investitsion siyosat
Moliyalashtirish manbalari boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalar
joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 60 719,2
mlrd soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 107,1 %ni tashkil
etdi. Moliyalashtirish manbalari boʻyicha tahlil qilinganda, joriy davrda
oʻzlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning katta qismi jalb
etilgan mablagʻlar hisobiga toʻgʻri keldi — 34 057,3 mlrd soʻm yoki
jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 56%i, korxona va aholining oʻz
473
mablagʻlari hisobidan esa 26 673,5 mlrd soʻm yoki jami oʻzlashtirilgan
investitsiyalarning 44 %i oʻzlashtirildi.
Jalb etilgan mablagʻlar tarkibida toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa
kafolatlanmagan xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi katta boʻldi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa kafolatlanmagan xorijiy investitsiya va
kreditlarning joriy davrda oʻzlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar
jami hajmida 20,4 %ni, jalb etilgan mablagʻlar hisobidan oʻzlashtirilgan
asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida esa 36,4 %ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning markazlashganlik darajasidan
kelib chiqib tahlil qiladigan boʻlsak, markazlashgan moliyalashtirish
manbalari hisobidan 14 975,1 mlrd soʻm yoki jami oʻzlashtirilgan
investitsiyalarning 25%ini hamda markazlashmagan moliyalashtirish
manbalari hisobidan 45 744, 2 mlrd soʻm yoki jami oʻzlashtirilgan
investitsiyalarning 75%i oʻzlashtirildi.
Markazlashgan moliyalashtirish manbalarining eng katta qismi —
35%ini Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobiga toʻgʻri keldi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy
investitsiya va kreditlar 26%ni, Respublika byudjeti 22%ni, Davlat
maqsadli jamgʻarmalari 16%ni va Bolalar sportini rivojlantirish
jamgʻarmasi 1%ni tashkil etdi.
Tiklanish
va
taraqqiyot
jamgʻarmasi
hisobidan
amalga
oshirilayotgan investitsiya loyihalari asosan iqtisodiyotning togʻ-kon
sanoatida amalga oshirilmoqda. Bunday investitsiya loyihalariga
Shoʻrtangaz kimyo majmuasida tozalangan metan asosida sintetik
suyultirilgan yoqilgʻi ishlab chiqarishini tashkil etish, gazni
desulfurizatsiyalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Yoshlik 1 metall konini
oʻzlashtirish, qurilish sohasi uchun eng asosiy qurilish materiali
hisoblangan sement zavodining qurilishi, ammiak va karbamid ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqa investitsiya loyihalarini sanab oʻtish
mumkin.
Qarshi-Termiz, Pop-Qoʻqon-Andijon
temir yoʻl
liniyalarini
elektrlashtirish, 450 MVt quvvatga ega ikkita bugʻgaz qurilmasidan
iborat umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektrostansiyasi
qurilishi, Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab
474
chiqarish
kompleksining
qurilishi,
A-373
“Toshkent-Oʻsh”
magistralining “Qamchiq” dovoni orqali oʻtadigan 116-190 kmda
joylashgan togʻlik hududlarida 58 km uzunlikdagi avtomobil yoʻlini
rekonstruksiya qilish, yerusti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish
kabi yirik investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi kafolati
ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Markazlashmagan moliyalashtirish manbalarining 39%ini korxona
va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari tashkil etadi. Bu korxona va tash-
kilotlarning asosiy qismi oʻz faoliyatlarini kengaytirish hamda texnik va
texnologik
qayta
qurollantirish
maqsadidagi
investitsiyalarini
avvalambor oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishlari bilan bogʻliq.
Shuningdek, neft va gaz qazib chiqarish uchun imkoniyati bor bar-
cha hududlarda ( Ustyurt, Buxoro-Xiva, Xisor, Surhondaryo va boshqa
hududlarda) qidiruv burgʻulash ishlarining olib borilishi, gazni desul-
furizatsiyalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Shoʻrtangaz kimyo kom-
pleksi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, Gazli gaz konlarini
kompleks ishlab chiqarishga tayyorlash va boshqa koʻplab gaz-kimyo
sanoatini rivojlantirish va kengaytirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar
ham boshqa moliyalashtirish manbalari bilan korxona va tash-
kilotlarning oʻz mablagʻlari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Toʻgʻridan-toʻgʻri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hiso-
bidan oʻzlashtirilayotgan investitsiyalar hajmi tobora ortib bormoqda.
Joriy davrda ushbu moliyalashtirish manbai hisobidan investitsiyalar
jami markazlashmagan moliyalashtirish manbalarining 27%ini tashkil
etdi. Bunda quyidagi yirik investitsiya loyihalarining ulushi katta:
Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta
ishlash zavodini qurish ishlari (1 bosqich), Xisor va Ustyurt investitsiya
bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni yoʻlga qoʻyish,
Qarshi tumanida tekstil kompleksini tashkil etish (2 bosqich), uyali
aloqa tizimini kengaytirish, milliy uyali aloqa operatori tarmogʻini
shakllantirish va boshqa investitsiya loyihalari.
Hududlar kesimida Toshkent shahri hamon yetakchilik qilayotgan
boʻlsada,
Buxoro
Surxondaryo
va
Qasqadaryo
viloyatlaridagi
475
investitsion faollik natijasida yuqori oʻsish surʼatlari qayd etilib, mos
ravishda ularning Respublikadagi ulushi oshib bormoqda.
Buxoro viloyatida Respublikadagi eng yirik investitsiya loyihasi –
Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta
ishlash zavodini qurish ishlari amalga oshirilayotgan boʻlsa,
Surxondaryo viloyatida sement zavodi qurilishi, Qarshi-Termiz temir
yoʻli liniyasini elektrlashtirish, Qashqadaryo viloyatida esa Xisor
investitsiya bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni
yoʻlga qoʻyish, sintetik suyultirilgan yoqilgʻi ishlab chiqarishini taskil
etish kabi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish
montaj ishlari boʻyicha 36 598,2 mlrd soʻm oʻzlashtirilgan boʻlsa,
mashina, uskuna va inventarlarga investitsiyalar 19 161,8 mlrd soʻm va
boshqa xarajatlarga 4 959,2 mlrd soʻm oʻzlashtirildi. Qurilish-montaj
ishlariga investitsiyalar joriy yil boshidan biroz koʻpayish kuzatildi. Bu
iqtisodiyotda, ayniqsa asosiy tarmoqlarda, xususan togʻ-kon sanoatida
yaratilayotgan yangi yirik ishlab chiqarish quvvatlariga investitsiyalar
bilan bogʻliq.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari
boʻyicha tarkibida yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek togʻ-kon sanoati
yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari
hisobidan 12 405,3 mlrd soʻm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalarning 20,4 %i oʻzlashtirilgan. Shundan 10 895,0 mlrd soʻm
yoki jami investitsiyalarning 17,9%i tabiiy gaz qazib chiqarish uchun
yoʻnaltirilgan.
Turar-joy qurilishiga investitsiyalar aholini namunaviy loyihalar
asosida qurilayotgan va arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi boʻyicha
davlat dasturlarining amalga oshirilishi hamda aholi tomonidan yakka
tartibdagi turar-joylar qurilishi hajmlari bilan bogʻliq.
Ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalar hajmi 8 746,8 mlrd soʻmni
va jami investitsiyalardagi ulushi 14,4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarish
sanoati tarkibida eng koʻp investitsiya oʻzlashtirilgan 3 faoliyat turi
quyidagilar: metallurgiya sanoati 1 305,6 mlrd soʻm (jami asosiy
kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2,2%), oziq-ovqat, ichimlik, tamaki
476
mahsulotlari ishlab chiqarishi 1.265,4 mlrd soʻm (2,1%), tekstil
mahsulotlari ishlab chiqarishi 1 177,7 mlrd soʻm (1,9%).
Joriy davrda 16 309,0 mlrd soʻm yoki asosiy kapitalga investitsiya-
larning 26,9%i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga
oshirildi.
Joriy yil boshidan oladigan boʻlsak, yilning yanvar-sentyabr
oylarida xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻsish surʼati bir oz
pasaygan boʻlsada, yil oxiriga kelib yuqori surʼatlarda oʻsish kuzatildi.
Bu albatta yuqorida sanab oʻtilgan Buxoro viloyatidagi Kandim konlar
guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini
qurish ishlari boʻyicha investitsiyalarning oʻzlashtirilishi bilan bevosita
bogʻliq.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy in-
vestitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyi-
halari: Angren erkin iqtisodiy zonasida qishloq xoʻjaligi va avtomobil
shinalarini konveyr usulida ishlab chiqarishni tashkil etish, kimyo
sanoatida azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish, Buxoro va
Samarqand viloyatlarida kanalizatsiya tizimini tozalash inshootlarini
rekonstruksiya qilish, Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini
ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini yaxshilash, hududiy avtomobil
yoʻllarini rivojlantirish (2 va 3 bosqich), Toshkent shahri koʻchalarini
yoritish tizimida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish kabi loyi-
halar amalga oshirilmoqda.
Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va
kreditlarning oʻzlashtirilishida Respublikaning 3 ta hududi Buxoro
viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati Respublika boʻyicha
jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 76% ini qamrab olgan. Bu
yuqorida sanab oʻtilgan yirik investitsiya loyihalarini aynan shu
hududlarda amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.
Joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yakuniy
natijasi sifatida bir qator ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy soha
obyektlari ishga tushirildi.
Neft va gaz sohasida bir necha ekspluatatsiya uchun burgʻulangan
gaz qudugʻi, koʻplab quduqni ishlab chiqarishga tayyorlash, avtomobil
477
vositalariga gaz ballonlarini oʻrnatish va xizmat koʻrsatish markazi,
yiliga 8 ming tonna polimer mahsuloti ishlab chiqaruvchi obyekt, yiliga
6 mlrd metr kub gazni deflyurizatsiya qiluvchi yangi 3 blok, yiliga 2,5
ming tonna plastik idishlar ishlab chiqaruvchi zavod va boshqa ishlab
chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.
Energetika sohasida 53,9 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kB elektr uzatish
liniyasi yangi qurilgan boʻlsa, 495,8 km 0,4-6-10 kB elektr uzatish
liniyasi
rekonstruksiya
qilindi.
Shunungdek,
1,2,3
sonli
gidrogeneratorlarning ishchi gʻildiraklarini almashtirish bilan Chorvoq
GES gidrogeneratorlarini modernizatsiya qilish kabilar amalga oshirildi.
Masalan, Togʻ-kon sanoati 57% Ishlab chiqarish sanoati 13%
Axborot va aloqa 10% Tashish va saqlash 9% Sogʻliqni saqlash 3%
Elektr, gaz bilan taʼminlash 2% Suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya 2%
boshqalar.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari
boʻyicha tarkibida yuqorida ta`kidlab oʻtilganidek togʻ-kon sanoati
yetakchilik qilmoqda. Ushbu tar-moqda jami moliyalashtirish manbalari
hi-sobidan 12 405,3 mlrd.soʻm yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalar-ning 20,4 %i oʻzlashtirilgan. Shundan 10 895,0
mlrd.soʻm yoki jami investitsiya-larning 17,9%i tabiiy gaz qazib
chiqarish uchun yoʻnaltirilgan.
Turar joy qurilishiga investitsiyalar aholini namunaviy loyihalar
asosida qurilayotgan va arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi boʻyicha
davlat dasturlari-ning amalga oshirirlishi hamda aholi tomonidan yakka
tartibdagi turar-joylar qurilishi hajmlari bilan bogʻliq.
Ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalar hajmi 8 746,8 mlrd.soʻmni
va jami investitsiyalardagi ulushi 14,4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarish
sanoati tarkibida eng koʻp investitsiya oʻzlashtirilgan 3 faoliyat turi
quyidagilar: metallurgiya sanoati 1 305,6 mlrd.soʻm (jami asosiy
kapitalga investitsiya-lardagi ulushi 2,2%), oziq-ovqat, ichimlik, tamaki
mahsulotlari ishlab chiqarishi 1.265,4 mlrd.soʻm (2,1%), tekstil
mahsulotlari ishlab chiqarishi 1 177,7 mlrd.soʻm (1,9%).
478
Joriy davrda 16 309,0 mlrd soʻm yoki asosiy kapitalga investitsiya-
larning 26,9%i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga
oshirildi.
Joriy yil boshidan oladigan boʻlsak, yilning yanvar-sentabr oylarida
xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻsish surati bir oz pasaygan
boʻlsada, yil ohiriga kelib yuqori suratlarda oʻsish kuzatildi. Bu albatta
yuqorida sanab oʻtilgan Buxoro viloyatidagi Kandim konlar guruhini
ishlab chiqarishga tay-yorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish
ishlari boʻyicha investitsiyalarning oʻzlashtirilishi bilan bevosita bogʻliq.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy in-
vestitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilayotga investitsiya loyi-
halari: Angren erkin iqtisodiy zonasida qishloq xoʻjaligi va avtomobil
shinalarini konveyr usulida ishlab chiqarishni tashkil etish, kimyo
sanoatida azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish, Buxoro va
Samarqand viloyatlarida kanalizatsiya tizimini tozalash inshootlarini
rekonstruksiya qilish, Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarini
ichimlik suvi bilan taʼminlash tizimini yaxshilash, hududiy avtomobil
yoʻllarini rivojlantirish (2 va 3 bosqich), Toshkent shahri koʻchalarini
yoritish tizimida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish kabi loyi-
halar amalga oshirilmoqda.
Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar-
ning oʻzlashtirilishida Respublikaning 3 ta hududi Buxoro viloyati,
Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati Respublika boʻyicha jami xori-
jiy investitsiya va kreditlarning 76%ini qamrab olgan. Bu yuqorida
sanab oʻtilgan yirik investitsiya loyihalarini aynan shu hududlarda
amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.
Joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning yakuniy
natijasi sifatida bir qator ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy soha
obyektlari ishga tushirildi.
Neft va gaz sohasida bir necha ekspluatatsiya uchun burgʻulangan
gaz qudugʻi, koʻplab quduqni ishlab chiqarishga tayyorlash, avtomobil
vositalariga gaz ballonlarini oʻrnatish va xizmat koʻrsatish markazi,
yiliga 8 ming tonna polimer mahsuloti ishlab chiqaruvchi obyekt, yiliga
6 mlrd metr kub gazni deflyurizatsiya qiluvchi yangi 3 blok, yiliga 2,5
479
ming tonna plastik idishlar ishlab chiqaruvchi zavod va boshqa ishlab
chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.
Energetika sohasida 53,9 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kB elektr uzatish
liniyasi yangi qurilgan boʻlsa, 495,8 km 0,4-6-10 kB elektr uzatish
liniyasi
rekonstruksiya
qilindi.
Shunungdek,
1,2,3
sonli
gidrogeneratorlarning ishchi gʻildiraklarini almashtirish bilan Chorvoq
GES gidrogeneratorlarini modernizatsiya qilish kabilar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sekundiga 3,5 kub metr suv tortish quvvatiga ega
“Raish-Xakent-2” nasos stansiyasi rekonstruksiyasi, 597 uyali aloqa
bazaviy stansiyalari, 131 ta paxta xomashyosini oʻzaro hisob-kitob qilish
va monitoringini yurgazish markazlari, 2 ta tezyurar yoʻlovchi tashuvchi
Talgo-250 elektropoyezdlarini sotib olish, yiliga 65 ming tonna
ruxlangan yoritish ustunlari va yoʻl toʻsiqlari ishlab chiqaruvchi zavod,
koʻplab yogʻmoy ishlab chiqaruvchi sexlarni modernizatsiya qilish va
texnik qayta qurollantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kompleks
ishlab chiqarish, qayta ishlash saqlash va yetkazib berish obyekti va
boshqa turli sohalarda yangi obyektlar ishga tushirildi.
Ijtimoiy sohada joriy davrda jami 11293,2 ming kv.m, shu jumladan
qishloq joylarda 7825,4 ming kv.m turar-joylar ishga tushirildi. Ulardan
namunaviy loyihalar asosida qurilgan turar-joylar 1663,8 ming kv.m ni
tashkil etdi.
Sogʻliqni saqlash sohasiga oid obyektlar boʻyicha 4208 oʻrinli
kasalhonalar, shu jumladan qishloq joylarda 235 oʻrin, 7655 qatnovga
moʻljallangan poliklinikalar (qishloq vrachlik punktlarini qoʻshgan
holda), shu jumladan qishloq joylarda 3675 qatnovli poliklinikalar ishga
tushirildi.
Taʼlim sohasida 94465 oʻquvchi oʻrinli umumtaʼlim va
ixtisoslashtirilgan maktablar yangi qurilib, rekonstruksiya qilingan
boʻlsa, 152 umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablar kapital
taʼmirdan chiqarildi. Shuningdek, 180 oʻquvchi oʻrniga ega kasb-hunar
kollejlari va 28 ta bolalar sporti obyektlari ishga tushirildi.
Turar-joylarning asosan qishloq joylarda qurilayotganligi namu-
naviy loyihalar asosida qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi
480
boʻyicha olib borilayotgan davlat dasturlarining bajarilishi hamda
aholining oʻzi uchun yakka tartibda qurayotgan uylari bilan bogʻliq.
|