• Avtonom investitsiyalar grafigi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet241/342
    Sana13.12.2023
    Hajmi7,53 Mb.
    #118127
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   342
    Bog'liq
    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

     
     
    XXIV BOB. INVESTITSIYA VA UNING
    IQTISODIYOTDAGI OʻRNI 
     
    24.1. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi 
    Investitsiyalar yoki kapital qoʻyilmalar – bu, hali buyumlashmagan, 
    lekin ishlab chiqarish vositalariga qoʻyilgan kapitaldir. Oʻzining 
    moliyaviy shakliga koʻra, ular foyda olish maqsadida xoʻjalik faoliyatiga 
    qoʻyilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga koʻra investitsiyalar 
    yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat koʻrsatuvchi mashina va 
    asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bogʻliq 
    boʻlgan aylanma kapitalning oʻzgarishiga ketgan xarajatlardir. 
    Shuningdek, investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar 
    ham kiritiladi.
    Investitsiyalarni turlicha guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda 
    eng koʻp duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash 
    obyektiga koʻra uch turga boʻlinadi: 
    1. Ishlab chiqarish investitsiyalari; 
    2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya; 
    3. Uy-joy qurilishiga investitsiya. 

    0 e I
    24.1-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi 


    467 
    Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi 
    omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan 
    investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki 
    investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular koʻrsatadigan foyda normasini 
    pasaytirib qoʻyadi. 
    Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz 
    stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda 
    oʻzgarishini 
    koʻrsatadi.
    Avtonom investitsiya funksiyasi quyidagi koʻrinishga ega: 
    I = e - dR 
    Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari; 
    e – foiz stavkasi 0 ga teng toʻlgandagi investitsiya xarajatlarining 
    maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, 
    foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; 
    R – real foiz stavkasi; 
    d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi oʻzgarishga 
    ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsiyent. 
    Grafikdan e – nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz 
    stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari 
    cheksiz koʻp boʻlganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari 
    miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum 
    miqdor bilan chegaralanadi. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   342




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish