462
Uy xoʻjaliklari daromadlari;
Uy xoʻjaliklarida toʻplangan mulk hajmi;
Baholar darajasi;
Iqtisodiy kutish;
Iste’molchilar qarzlari hajmi;
Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamgʻarish
grafiklari
oʻzaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi
daromad tarkibida iste’mol va jamgʻarish ulushi nisbatlari oʻzgaradi.
Soliqqa tortish darajasining oʻzgarishi ixtiyordagi daromad hajmini
oʻzgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamgʻarish grafiklari bir
tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funksiyasini
aniqlash borasidagi
tadqiqotlar, uning hajmi,
shuningdek, aholining daromadlari hajmi va
toʻplagan mulki koʻlamiga koʻra tabaqalanishi
darajasi hamda
aholining soni va yoshiga koʻra tarkibiga ham bogʻliqligini koʻrsatdi.
23.2. Iste’mol va jamgʻarishga oʻrtacha hamda chegaralangan
moyillik
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamgʻarish
funksiyalarini yanada toʻlaroq bilish uchun iste’mol va jamgʻarishga
oʻrtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini
anglab olishimiz lozim.
Iste’molga oʻrtacha moyillik deganda
tasarrufidagi daromaddagi
iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
S