463
APS = --------------- 100%
Yd
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamgʻarmaga oʻrtacha
moyillik.
Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530
shartli
birlikka va iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng boʻlgan
holatlar uchun iste’molga oʻrtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:
ARS =(405 / 410) x 100 = 98, 78% yoki 0,98;
ARS = (495 / 530) x 100 = 93,39% yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan koʻrinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar
miqdori koʻpayib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol
ulushi
kamayib va aksincha jamgʻarma ulushi koʻpayib boradi. Bu holatni
Keynsning “asosiy psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin.
“Mavjudligiga nafaqat aprior tasavvurlarga koʻra, bizning inson tabiatini
bilishimizdan
kelib chiqib, shuningdek, oʻtmish
tajribasini sinchiklab
oʻrganish asosida biz toʻliq ishonishimiz lozim boʻlgan asosiy
psixologik qonun shundan iboratki kishilar daromadlari oʻsishi bilan,
odatda, oʻz iste’mollarini
oshirishga moyillar, ammo daromadlari
oʻsgan darajada emas”
*
.
Soliqlar toʻlangandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol
qilinadi, ikkinchi qismi esa jamgʻariladi, shu tufayli ham iste’molga va
jamgʻarishga oʻrtacha moyillik yigʻindisi 100%
ga yoki koeffitsiyent
koʻrinishda 1 ga teng:
ARS + ARS = 100% yoki
1.
Uy xoʻjaliklari tasarrufidagi daromadlarining oʻsgan qismini yo
iste’mol qiladi, yoki jamgʻaradi.
Iste’moldagi oʻzgarishlarning shu oʻzgarishni
keltirib chiqargan
tasarrufidagi daromad oʻzgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan
moyillik deyiladi.