Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va koʻrinishlari




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

 
25.2. Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va koʻrinishlari.
Pul-kredit siyosati deganda, toʻliq bandlik sharoitida yalpi milliy 
mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki 
bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini oʻzgartirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat 
tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Uning 
yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlash vazifasini hayotga tatbiq etadi. 
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari 
iqtisodiy oʻsish, toʻliq bandlikni, baholarning hamda toʻlov balansining 
barqarorligini ta’minlashdan iborat. 
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul 
massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal 


484 
kattaliklarini ta’minlab turish zarur boʻladi. Bu vazifalarni amalga 
oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi. 
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib koʻrsatiladi:
1. Hisob stavkasi; 
2. Majburiy zaxiralar normasi; 
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar. 
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari 
koʻrinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir oʻtkazadi, 
taklifini oʻzgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga 
solib turadi. 
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri – majburiy bank 
zaxira me’yorini oʻzgartirish siyosatidir.
Majburiy zaxiralar – bu, 
kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir 
qismidir. Zaxira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank 
likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit 
emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda 
ushlab turishga majbur boʻlgan zaxiralarning eng quyi normasini 
oʻrnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, 
imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori boʻlsa, ortiqcha 
zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yoʻli bilan 
“pullarni barpo etish” qobiliyati past boʻladi. Ilk majburiy zaxira 
normalari AQShda 1865-yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank 
majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zaxiralari ortadi, bu 
esa pul taklifining multiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu 
me’yor 25 % boʻlsa, unda bankka qoʻyilgan 800 soʻmdan 200 soʻm 
majburiy bank me’yorini tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 soʻmni 
qarzga berishi mumkin boʻladi. Endi faraz qilaylik, me’yor 10 % ga 
tushiriladi, unda bank 720 soʻmni qarzga berish imkoniyatiga ega 
boʻladi va boshlangʻich pul taklifini 720 soʻmga oshiradi. 
Majburiy bank zaxirasi me’yorini koʻtarish yordamida pul taklifini 
kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zaxiralari qisqarishiga 
olib keladi. Pul-kredit siyosatini oʻtkazishda bu vosita butun bank 
tizimining asoslariga ta’sir etadi. Turli mamlakatlarda qoʻllanilayotgan 
majburiy zaxira normalari turlichadir, Janubiy Koreyada bu norma -100 


485 
foiz boʻlgan boʻlsa, Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yoʻgʻi -2.5 
foizni tashkil etadi. 
(1-jadval) 

Download 7,53 Mb.
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va koʻrinishlari

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish