Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

Nazorat savollari: 
 
1.Investitsiyaning 
yurtimiz 
iqtisodiyotidagi 
ahamiyatini 
tushuntiring. 
2.Asosiy fondlarga investitsiyalar neoklassik modelida firmalar 
qanday shart ostida kapital zaxirasini oshirishni daromadli deb biladi? 
3.Foiz stavkasi oshishi nima uchun uy-joyga investitsiyalarni 
kamaytirishini tushuntirib bering. 
4.Firmalar nima uchun zaxira saqlashining toʻrtta sababini keltiring. 
5.Investitsiya va iste’mol oʻrtasidagi bogʻliqlikni izohlang? 
6.Mamlakatimizga har yili qancha investitsiya jalb qilinadi (2017)? 
7.Zaxiralarga investitsiyalar haqida nimalar bilasiz?
8. Akselerator modeli? 
9. Avtonom investitsiyalarni mohiyatini tushuntirib bering. 
10.Investitsiyalar dinamikasi ahamiyati nimada? 


481 
 
 
XXV BOB. BANK TIZIMI. PUL-KREDIT SIYOSATI 
 
25.1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari 
 
“Bank” tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca soʻzlaridan 
kelib chiqqan boʻlib, “sarrof kursisi, doʻkoni” degan ma’noni anglatadi. 
Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat 
koʻrsatgan bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud. 
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida 
amalga oshiriladi. Bunday muassasalarga turli xil banklar, birjalar, 
depozitariylar, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar 
va h.k.lar kiradi. 
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank 
iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan boʻlgan aloqalariga xizmat 
qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bogʻliq xizmatlarni 
koʻrsatuvchi tashkilotlar koʻp, ammo ularning markazida banklar turadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 
qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha javob topish mumkin: 
Bank – tijorat tashkiloti boʻlib, bank faoliyati deb hisoblanadigan 
faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. 
Oʻzbekistondagi bank tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 
banki, aksiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 
2005-yil 1-iyul holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi 29 
tijorat bankini oʻz ichiga oldi. 
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor – yurak, pul bilan 
boʻladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul toʻlovlari 
(transfertlar) banklar orqali oʻtadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga 
oshiradi: 
- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi; 
- pul bilan boʻladigan hisob-kitob operatsiyalarini, xususan, pul 
toʻlash ishlarini bajaradi; 
- chet el valyutasini sotadi va sotib oladi; 


482 
- oʻz qoʻlidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti 
bilan unga (muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan 
shugʻullanadi; 
- oʻz puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; 
- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo. 
Bank ishi pul olamida boʻladigan biznesdir. Bank biznesi foyda 
topish maqsadida yuritiladi. 
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va 
pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi 
bilan chambarchas bogʻliq. 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va 
asosiy vazifalari quyidagilar: 
“Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlashdan iborat. 
Asosiy vazifalari: 

Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi 
siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 

Oʻzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali 
tizimini tashkil etish va ta’minlash; 

Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini 
litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, 
garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab 
chiqarishni litsenziyalash; 

Oʻzbekiston 
Respublikasining 
rasmiy 
oltin 
valyuta 
rezervlarini, shu jumladan kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini 
saqlash va tasarruf etish; 
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda 
tashkil etishdan iboratdir”
*
.
Tijorat banklari Markaziy bankda oʻz qisqa muddatli va oʻrta 
muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zaxira deb 
yuritiladigan foizsiz omonatlarni saqlashga majbur. 
*
Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
тўғрисида”ги Қонуни, 3-модда, 1995 йил. 21 декабрь / Ўзбекистон банк тизимини ислоҳ 
қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик ҳужжатлари тўплами. Т.: Ўзбекистон,
2003., 8 - б.


483 
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda oʻzining 
mintaqaviy boʻlinmalari orqali kredit muassasalaridan majburiy ravishda 
axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim 
etish asosida qatnashadi. 
Kredit muassasalarining boʻysunishiga qarab bank qonunchiligi 
hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga 
muvofiq tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli 
turga ajratish mumkin. 
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, 
jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda 
mijozlarga kredit - hisob xizmati koʻrsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar 
boʻyiga (vertikal) va eniga (gorizontal) yoʻnalishlarida tuzilishiga 
asoslanadi. Vertikal – rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz 
hisoblangan Markaziy bank bilan quyi boʻgʻinlar – tijorat va 
ixtisoslashgan banklar oʻrtasidagi boʻysunish munosabatlari, gorizontal-
turli quyi boʻgʻinlar oʻrtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari 
tushuniladi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish