Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/342
Sana13.12.2023
Hajmi7,53 Mb.
#118127
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   342
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2) (7)

24.2. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan 
boshqa omillar 
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri 
boʻlib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz 
stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori oʻrtasida teskari bogʻliqlik 
boʻlsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan 
investitsiya xarajatlari oʻrtasida toʻgʻri bogʻliqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori boʻlsa, 
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda 
miqdoridan yuqori boʻlsa, investitsiyalash foydali boʻlmay qoladi. 


468 
Misol uchun, zavodga 100000 soʻmlik yangi stanok sotib olindi. 
Yangi stanokni qoʻllashdan zavod 10.000 soʻm sof foyda olgan boʻlsin.
Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: 
KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%. 
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz 
stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka 
narxlar darajasining oʻzgarishini aks ettirib, nominal stavkadan 
inflyatsiya darajasi ayirmasi koʻrinishida aniqlanadi. Masalan, nominal 
foiz stavkasi 16% ga teng boʻlsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni 
tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi. 
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa quyidagi 
omillar ham kiradi: 
1. Soliqqa tortish darajasi; 
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi oʻzgarishlar; 
3. Mavjud boʻlgan asosiy kapital miqdori; 
4. Investorlarning kutishi; 
5. Yalpi daromadlarning oʻzgarishi. 
Soliqqa 
tortish 
darajasining 
pasayishi 
hamda 
yangi 
texnologiyalarning paydo boʻlishi kutilayotgan sof foyda normasining 
(real foiz stavkasi oʻzgarmagan sharoitda ham) koʻpayishga olib keladi. 
Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. 
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining koʻpayishiga olib 
keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga 
olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib 
ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida boʻsh turgan 
quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. 
Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir 
tekisda boʻlmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy 
kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror boʻlmaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy 
siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhiti yaxshilandi,
jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganligi, soliq 
yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi,
bank tizimining mustahkamlanishi va bank foiz stavkalarining 


469 
pasaytirilishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining 
yaratilganligi 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga 
jalb 
qilinayotgan 
investitsiyalar hajmining oʻsishiga olib keldi.

Download 7,53 Mb.
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   342




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz stavkasidan

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish