31
ba‘zan
intellektual tizimlar deb
ataydilar, chunki ularni ishlab chiqishda sun‘iy
intellekt nazariyasi qoidalaridan foydalaniladi.
Yuqorida ko‗rib chiqilgan barcha tizimlarda foydalanuvchilarning, shu
jumladan, hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‗lmagan foydalanuvchilarning
tizim bilan o‗zaro muomala qilish vositalarini rivojlantirib borish zarur. Bu vositalar
yordamida foydalanuvchi o‗z so‗rovlarini shakllantiradi, ularni tizimga kiritadi, tizim
unga berayotgan axborotni qabul qilib oladi.
Turli tizimlarda bu vazifa turlicha hal qilinadi. Ba‘zi
tizimlarda amalga
oshirilishi mumkin bo‗lgan so‗rovlarning qat‘iy belgilangan ro‗yxati mavjud bo‗ladi.
Foydalanuvchi uning talablariga imkon qadar to‗la javob bera olishi mumkin bo‗lgan
so‗rovni tanlaydi va uni tizimga ko‗rsatadi. Bunday tizimlar namunali (standart)
so‗rovli tizimlar deb ataladi.
Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit
qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot
manbayi va chiqadigan
axborotning iste‘molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga
kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning
bir nechta bosqichidan
o‗tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni to‗plash, ro‗yxatga
olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bo‗yicha manbadan kompyuterga
uzatish, mashina eltuvchilariga o‗tkazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish,
mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan
shaklga keltirish, aloqa kanali
bo‗yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi
qabul qilishi uchun
yaroqli shaklga o‗zgartirishdan iborat.