• Kompyuterli ta‟limda o„quvchilar faoliyatini individuallashtirish tamoyiliga amal qilish
  • kompyuterli ta‟limda ko„rgazmalilik tamoyili bajarilishi lozim




    Download 2,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/104
    Sana14.12.2023
    Hajmi2,24 Mb.
    #118227
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104
    Bog'liq
    Informatika fanini uqitish metodikasi

    kompyuterli ta‟limda ko„rgazmalilik tamoyili bajarilishi lozim deb bilamiz. 
    O‗quv ishlarida o‗quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish 
    ta‘limni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‗quvchilar faoliyati samaradorligini 
    ta‘minlashga zamin yaratadi. 
    Kompyuterli 
    ta‟limda o„quvchilar faoliyatini individuallashtirish 
    tamoyiliga amal qilish imkoniyatlari keng bo‗lib, uni alohida talab sifatida 
    ko‗rsatish lozim. Ta‘limni individuallashtirish orqali o‗quvchining ichki olamiga yo‗l 
    ochiladi, unda shaxsiy sifatlar-o‗ziga ishonch, qat‘iylik tarbiyalanadi.
    «Ta‘limni individuallashtirish-uni har bir o‗quvchining o‗z individual 
    xususiyatlariga 
    moslab 
    tashkil 
    etish 
    demak. 
    O‗quv-tarbiya 
    jarayoni 
    individuallashtirish yo‗li bilan bu jarayondagi turli to‗siqlar (bolaning uyatchanligi, 
    o‗qituvchi bilan o‗quvchining bir-birini anglamasligi, o‗quv materialining 
    murakkabligi va sh.k.) bartaraf etiladi, ta‘limni tashkil etish darajalari (ta‘limni oson, 
    o‗rtacha va yuqori qiyinlikda tashkil etish me‘yorlari) belgilanadi».
    Navbatdagi tamoyil nazariyaning amaliyot bilan bog‗liqligi tamoyili. «Fan 
    odamzodning amaliy ehtiyojlari zaminida vujudga keladi va hayot bilan, amaliyot 
    bilan, ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan mustahkam aloqada bo‗ladi». Shundan kelib 
    chiqib, kompyuterli ta‟limda nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi 
    tamoyiliga ham rioya qilish lozim degan talabni qo‗yish kerak. Nazariyaning 
    amaliyot bilan aloqasi tamoyilida ta‘lim va tarbiyani hayot bilan, amaliyot bilan 
    mustahkam bog‗lanishda amalga oshirishdek hayotiy ehtiyoj, ijtimoiy tajribani 
    o‗zlashtirish qonuniyatlari aks etadi. 
    Kompyuter ekranida bayon qilinayotgan ma‘lumot mazmunining o‗quvchilarga 
    loyiq bo‗lishi va kompyuter talab qiladigan topshiriqlarni bajarishda ma‘lum 
    tirishqoqlik talab qilinishi bilan bog‗liq bo‗lgan loyiqlik tamoyiliga ham alohida 
    e‘tibor qaratish lozim.

    Download 2,24 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104




    Download 2,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    kompyuterli ta‟limda ko„rgazmalilik tamoyili bajarilishi lozim

    Download 2,24 Mb.
    Pdf ko'rish