• Ilmiylik tamoyili kompyuterli ta‟limda o„z aksini topishi shart
  • Informatika fanini o„qitish tamoyillari




    Download 2,24 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/104
    Sana14.12.2023
    Hajmi2,24 Mb.
    #118227
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
    Bog'liq
    Informatika fanini uqitish metodikasi

    3.2. Informatika fanini o„qitish tamoyillari 
    Kompyuterlarni ta‘lim jarayonida qo‗llashning o‗zi ta‘lim jarayoni 
    samaradorligini 
    oshirish 
    uchun 
    kafolat 
    bo‗la 
    olmaydi. 
    Kompyuterda 
    modellashtirilgan g‗oya mukammal bo‗lib, ularni tashkil etish vositalari, shakllari bir-
    biri bilan o‗zaro uyg‗unlashgan sharoitdagina ko‗zlangan pedagogik samaradorlikka 
    erishish mumkin. 
    Kompyuterlarni o‗quvchilarning ortiqcha toliqishisiz, samarali qo‗llash 
    shartlaridan biri ta‘limni kompyuterlashtirishning barcha bosqichlarida o‗quv 
    materialini tanlash, unga pedagogik ishlov berishdan tortib o‗quvchi va o‗qituvchi 
    faoliyati mazmunini loyihalash, ta‘limning akt, bo‗g‗in, bosqich, davr shaklidagi 
    harakatini rejalashtirishgacha bo‗lgan hodisalarning psixologik, pedagogik, uslubiy 
    talablar asosida qurilishi. Bunday talablarni belgilamasdan, kompyuterli ta‘lim 
    tamoyillarini asoslamasdan ta‘limni kompyuterlashtirish, uning samaradorligi 
    xususida fikr yuritish qiyin.
    «Tamoyil umumdidaktik kategoriya bo‗lib, ular ta‘limning barcha turlari 
    (individual, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang‗ich, o‗rta, kasbiy, oliy), 
    subyektlari (o‗qituvchi, o‗quvchilar jamoasi), o‗quv-tarbiya jarayonining hamma 
    komponentlari (ta‘limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni, uslublari, tashkiliy 
    shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy qoidalardir». 
    Kompyuterli ta‘limda umumiy didaktik tamoyillarni amalga oshirish 
    muammolarini V.T. Jitomirskiy, V. Monaxov, V. Novichkov, I. Robert kabi qator 
    olimlar tadqiq qilishgan
    24

    Darsga qo‗yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. «Didaktikaning ilmiylik 
    tamoyili ta‘lim jarayonida o‗quvchilarning ilmiy-ishonchli, zamon fani taraqqiyoti 
    darajasiga javob beradigan bilimlarni egallashlarini talab qiladi».
    Ilmiylik tamoyili kompyuterli ta‟limda o„z aksini topishi shart. Bu 
    talabning amalga oshishi o‗quvchilarni ilmiy dunyoqarashning poydevori 
    hisoblanuvchi nazariy bilimlar tizimi bilan qurollantiradi, ularning bilishga bo‗lgan 
    qiziqishlarini o‗stiradi. 
    Ta‘limning tizimliligi – bayon qilinayotgan o‗quv materialining fan ichki 
    mantiqi va o‗quvchilarning yosh hamda psixologik xususiyatlariga to‗g‗ri kelishi 
    lozim bo‗lgan didaktik tamoyil. Tizimlilik tamoyiliga amal qilgan holda tashkil 
    etilgan ta‘limda esa o‗quv materiali tarkibidagi tushunchalar va ular orasidagi 
    bog‗lanishlar o‗quvchilar tomonidan mantiqan bog‗liq holda o‗zlashtirilishiga 
    24
    www.http.edu.uz 


    41 
    erishiladi. Bu tizimlilik va ketma-ketlik tamoyili kompyuterli ta‟limda bajarilishi 
    shart bo‗lgan didaktik tamoyillardan biri ekanligini ko‗rsatadi. 
    Darsda bir o‗quv elementining bir necha xususiyatlari o‗rganiladigan bo‗lsa, bu 
    xususiyatlar o‗zlashtirish uchun qulay ketma-ketlikda joylashtirilishi va birinchi 
    xususiyat ikkinchisi bilan, ikkinchi xususiyat uchinchisi bilan va hokazo tartibda 
    mazmunan bog‗langan (sistemalashtirilgan) bo‗lishi lozim. Hozirgi paytda 
    ko‗rgazmalilik tamoyilining ko‗lami ancha kengaydi.
    Nutqni ko‗rgazma qurol, darslik, harakatchan didaktik materiallar, texnik 
    vositalar bilan uyg‗unlashtirish ko‗rgazmalilik tamoyilini amalga oshirishning asosiy 
    uslubiga aylanmoqda». Darhaqiqat, kompyuter matndan tashqari turli jadval, sxema, 
    diagramma, rasmlarni yuzlab ranglarda tasvirlash, turli o‗lchamlarda o‗zgartirish, 
    ixtiyoriy tartibda harakatlantirish imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyatlar o‗quv 
    materialining o‗quvchilar tomonidan oson o‗zlashtirilishiga yordamlashadi. Shu bois 

    Download 2,24 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




    Download 2,24 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika fanini o„qitish tamoyillari

    Download 2,24 Mb.
    Pdf ko'rish