Tushunarlilik tamoyili kompyuterli ta‟limda bajarilishi shart




Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/104
Sana14.12.2023
Hajmi2,24 Mb.
#118227
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
Bog'liq
Informatika fanini uqitish metodikasi

Tushunarlilik tamoyili kompyuterli ta‟limda bajarilishi shart. Bu talabning 
bajarilishini kompyuter ekranidagi har bir kadr mazmuni PDV mo‗ljallangan 
o‗quvchilar tushuna olish darajasiga loyiq bo‗lishi hamda ularning almashishi
takrorlanishi, tasvirlanish tezligi kabi xususiyatlari bilan o‗quvchilarning qabul qila 
olish imkoniyatlariga mos bo‗lishiga erishish orqali amalga oshirish lozim. «Loyiqlik 


42 
tamoyilini o‗qitishning onglilik talabi sifatida qarash yaramaydi». Bunday noto‗g‗ri 
tushunish va o‗quv materiali mazmuni, unga mos topshiriq va savollarni yengil
yuzaki qilib tuzish hamda ta‘limga tatbiq etish juda xunuk natijalarga olib kelishi 
mumkin.
O‗quv materiali mazmunida ham fanlararo, ham fan ichidagi bog‗liqlikni 
yoritish o‗quvchilarda taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi 
malakalarning rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Shu bois, kompyuterli ta‟limda 
ham fanlararo, ham fan ichidagi bog„liqlikni ta‟minlash tamoyilini amalga 
oshirish shart degan talabni qo‗yish joiz. 
«O‗quvchiga nimani o‗rgatishdan qat‘i nazar, shu narsa turmushda qanday 
foyda keltirishini ko‗rsatib berilsa, o‗quvchi uni osonroq o‗zlashtirib oladi» - deb 
yozadi Ya.A. Komenskiy. Haqiqatan ham, o‗quvchilarning o‗quv materialini 
o‗zlashtirishida ta‘limning turmush bilan bog‗liq bo‗lishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Demak, kompyuterli ta‟limda fanning turmush bilan bog„liq bo„lishi tamoyili 
bajarilishi shart
Turmushga bog‗lab bilim berish hamda egallangan bilimlarni ishlab chiqarish, 
amaliyotga tatbiq etish boshqa-boshqa hodisalar bo‗lsa-da, ular bir-biri bilan 
chambarchars bog‗liq. Ta‘limni turmush bilan bog‗lash vazifasi kompyuter ekranida 
tasvirlanadigan o‗quv materiali matni, topshiriqlar, savollar mazmunida milliy 
qadriyatlarimizning aks etishini taqozo qiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib, biz o‗quv 
materiali mazmunida milliylik, e‘tiqodlilik, odob-axloqqa undovchi fikrlarning aks 
etishini, Vatanga, ota-onaga, ilmga muhabbatning ifodalanishini, tabiat, hadislar, 
iqtisodiyot kabi tushunchalar bilan bog‗liq fikrlarning bayon etilishini lozim deb 
bilamiz. 
O‗quvchilarda bilim olishga havas uyg‗otish ularni fikrlashga, mustaqil ishlash 
va ijod etishga, berilgan topshiriqlarni tez va sifatli bajarishga odatlantirishdir. 
Buning uchun, eng avvalo, bolalarning kattalardan farqli xususiyati-ularning qiziqarli 
narsalarga moyilligi, o‗zlari uchun mavhum ko‗ringan voqea-hodisalarga 
qiziquvchanligini hisobga olgan holda dars mashg‗ulotlarini shunday tashkil etish 
kerakki, o‗quvchilar unda faol qatnashsin, ekranda tasvirlanayotgan ma‘lumotlarni 
ishtiyoq bilan o‗rgansin, ular haqida mushohada qilsin.
O‗quvchilarni faoliyatga yetaklovchi asosiy omillardan biri qiziqishdir. Bundan 

Download 2,24 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tushunarlilik tamoyili kompyuterli ta‟limda bajarilishi shart

Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish