|
Fan metodologiyasi va epistemologiyasiBog'liq Informatika fanini uqitish metodikasiFan metodologiyasi va epistemologiyasi ilmiy bilish va ilmiy ijodni, ya‘ni
ilmiy-tadqiqot faoliyatini o‗rganadi. Har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat
muayyan predmet mazmuniga, balki metodologik jihatga ham egadir, zero, u fanda
ilgari olingan axborotni tanqidiy qayta ko‗rish, fanning tushunchalar apparati va
tadqiqot negizini muttasil yangilash (yangi metodlar, usullar va yondashuvlar yangi
apparatura, yangi institutlar va laboratoriyalar) bilan bog‗liqdir. Shunday qilib,
fanning o‗ziga nisbatan metodologiya va epistemologiya fanning o‗zini o‗zi bilish va
o‗zini o‗zi anglash shakllaridan biridir. Ilmiy ijod metodologiyasi olim shaxsining
yangi bilim olish va uni amalda qo‗llash sohasidagi ijodiy salohiyatini ochib beradi
va tahlildan o‗tkazadi.
Subyektning obyektga faol munosabati sifatidagi bilishning eng umumiy
jihatlarini tahlildan o‗tkazuvchi gnoseologiyadan farqli o‗laroq, metodologiya
bilishning bu jihatlari va tomonlari bilish bilan bog‗liq muayyan vaziyatlarda va
bilishning sohalarida, ma‘lum ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy-texnologik va tarixiy
sharoitlarda qanday o‗z ifodasini topishiga e‘tiborni qaratadi. Hozirgi zamon fan
metodologiyasi ilmiy faoliyatning ma‘nosini, uning ijod, amaliyot, ijtimoiy
borliqning ma‘naviyat sohasi, kengroq aytganda, butun madaniyat bilan aloqasini
aniqlaydi. Shundan so‗ng metodologiya ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish,
ratsionalizatsiya qilish, maqbullashtirish va samaradorligini oshirish muammolarini
o‗rganadi.
Tizimli yondashuvning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
─ bilish obyektini yaxlit, murakkab uyushgan tizim sifatida ko‗rib chiqish;
─ tizimning umumlashtirilgan modelini, uning alohida qismlari va jihatlarining
modellarini tuzish (kompyuterlashtirilgan).
─ tizimlar nazariyalari hamda har xil tizim nazariyalari va ishlovlarining
tuzilishini va samaradorligini o‗rganish
31
.
XX asrning ikkinchi yarmida epistemologiyada tizimlar umumiy nazariyasi
vujudga keldi. U tizimli yondashuv g‗oyalari va prinsiplarining bilishda
muayyanlashtirilgan mantiqiy-metodologik ifodasi bo‗ldi. Tizimlar umumiy
nazariyasi muayyan tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy fanlarning o‗rnini bosmay, har
qanday tizimli tadqiqotning umumiy metodologik prinsiplarini ta‘riflab beradi.
Bugungi kunda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) hamda
Evrostat ―innovatsiya‖ terminiga o‗zlarining talqinlarini taklif etmoqda. Unga ko‗ra,
|
| |