56
Xususan, 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida ilmiy-tadqiqot va
innovatsiya faoliyatini rag‗batlantirish, ilmiy hamda
innovatsiya yutuqlarini
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‗quv yurtlari va
ilmiy-tadqiqot
institutlari
huzurida
ixtisoslashtirilgan
ilmiy-eksperimental
laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari hamda texnoparklarni tashkil qilishga
alohida e‘tibor qaratilgan.
Shu bilan birga, respublika viloyatlarida bo‗lib o‗tayotgan xalq bilan bevosita
muloqot paytida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan barcha hududda ilm-fan
salohiyatini tiklash, hududlarning kompleks rivojlanishini ta‘minlashda
mavjud
intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga
keng jalb qilish bo‗yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda. Ushbu vazifalarni
amalga
oshirishda
ilmiy
izlanishlarni
ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarning
real
muammolariga yo‗naltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‗rtasidagi uzviy
integratsiyani ta‘minlash, o‗z
navbatida, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan
olimlarning ilmiy-texnologik ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini
oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari o‗ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida akademik fanning ahamiyatini
yanada oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-
fevraldagi ―Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot
ishlarini tashkil etish,
boshqarish
va
moliyalashtirishni
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PQ-2789-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan keng ko‗lamli
miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‗zda tutilgan.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi
―Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni
tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-5099-sonli farmoniga muvofiq,
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanishga
asoslangan
iqtisodiyotning yuqori texnologik tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirish
uchun qulay sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilar va buyurtmachilariga qo‗shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish
hisobiga ushbu tarmoqda ilm-fan, ta‘lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini
yanada
chuqurlashtirish, AKT mahsulotlari eksportini ko‗paytirish, shuningdek,
mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‗batlantirish maqsadida Axborot
texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha ―Mirzo
Ulugbek Innovation Center‖ innovatsiya markazi tashkil etildi.
Shu bilan birga, ilg‗or xorijiy tajriba, jahon
fanining zamonaviy yutuqlari,
innovatsion g‗oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta‘minlash maqsadida
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-sonli
farmoniga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
tashkil etildi. Ushbu farmonga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi innovatsion
rivojlanishining asosiy yo‗nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq
muddatli
ssenariylari
asosida
ustuvor
soha va
tarmoqlarni
innovatsion
57
rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik
rejalashtirish tizimini yaratish;
davlat xizmatlari ko‗rsatishning tartib-taomillarini
optimallashtirish va
soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni
ta‘minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy
g‗oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash hamda rag‗batlantirish,
shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay
sharoitlar yaratish;
innovatsiya faoliyati sohasida ilg‗or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu
jumladan, ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni
kengaytirish va boshqalar.
O‗z navbatida, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yilni
O‗zbekistonda ―Faol
tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-
quvvatlash yili‖ deb e‘lon qilinishi mamlakatimizning innovatsion rivojlanishi
yo‗lida qo‗yilgan muhim qadam bo‗ldi desak, mubolag‗a bo‗lmaydi.
Shu o‗rinda, dunyoga mashhur Apple kompaniyasining asoschisi Stiv
Djobsning
“Innovatsiya liderni uni quvib yetuvchilardan ajratib turadi” degan fikrini
keltirib o‗tmoqchiman.
Umuman olganda, siz bilan bizning asosiy maqsadimiz mamlakatimizning
innovatsiyalarni yaratuvchi lider davlatlar qatoridan joy egallashi uchun qulay zamin
yaratishni ta‘minlash bo‗lmog‗i lozim.