67
nazariy
informatika, ijtimoiy va iqtisodiy informatika, ma‘lumotlar va
bilimlar bazasi, ularni boshqarish tizimlari, axborot
tizimlari va texnologiyalari,
algoritmlash va dasturlash tillari, kompyuter tarmoqlari,
axborotni himoyalash va
axborot xavfsizligi, kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy ta‘minoti,
kompyuter
grafikasi va dizaynlari, matematik va kompyuterli modellashtirish, pedagogik
dasturiy vositalar yaratish texnologiyalariga oid bilimlarni egallash;
informatika va axborot texnologiyalarining dolzarb masalalarini seza olish va
o‗quvchilarga yetkaza olish;
an‘anaviy va noan‘anaviy metodlar, ilg‗or ta‘lim
texnologiyalarni fan va
mavzularni o‗rgatish vaqtida tanlay olish, o‗z fanida metod va texnologiyalarni ijodiy
qo‗llay olish, faktlarni tahlil qilish, umumlashtirish va shu asosda xulosa chiqara
olish;
har
bir mavzuning ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik, psixologik xususiyatlarini
yorita olish, o‗qitishning ilmiy
asoslarini tahlil qilib borish, metodik birlashmalarda
umumiy o‗rta ta‘lim, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi mazmunida fanning o‗rnini
belgilay olishi va uning ilmiy muammolari bo‗yicha pedagogik o‗qishlarda
ma‘ruzalar o‗qish, umumta‘lim maktablari, akademik
litsey va kasb-hunar
kollejlarida differensial ta‘limni yo‗lga qo‗ya olish, o‗quv jarayoni bilan bog‗liq
barcha hujjatlarni yurita olish;
har bir o‗quvchining ruhiy, axloqiy holatini bilish, yakka tartibda o‗quvchilar
bilan va guruh bilan ishlay olish, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni rejalashtira olish, uni
tashkil
etish metodikasini egallash, o‗quvchilar ongiga milliy istiqlol g‗oyasini
singdirish, diniy ekstremizmga qarshi immunitetni yuzaga keltirish metod va
texnologiyalarini bilish;
dars tiplarini bilish va ularni maqsadga muvofiq tashkil etish, o‗quv
reja va
fan dasturi, tematik rejani tayyorlay olish, ta‘lim muassasasi metodik birlashmasi
ishini rejalashtirish
va rahbarlik qila olish, dars jadvalining tuzilish tamoyillarini
bilish, ta‘lim muassasasiga rahbarlik qilish
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.