66
7-bob. INFORMATIKA YO„NALISHIDAGI FANLARGA QO„YILGAN
TALABLAR VA MAZMUNI
7.1. Informatika va axborot texnologiyalari faniga qo„yilgan
zamonaviy talablar
XX asr boshlarida ta‘lim tizimlari fanlarni o‗qitish va uni mazmuniga
qo‗yiladigan umumuy talablar yo‗q edi, hozirgi kunda
bu talablar har bir fanning
asosini belgilab beruvchi yuqori aspektlardan biriga aylandi
37
. Har bir yo‗nalishlar
bo‗yicha tayyorlanadigan kadrlar umumiy, kasbiy, tashkilotchilik,
va boshqa
foaliyatlarda fanlarga nisbatan alohida talablar qo‗yila boshlandi:
umumiy talablar:
dunyoqarash bilan bog‗liq tizimili bilimlarga ega bo‗lishi; gumanitar va
ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini
bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
Vatan tarixini bilishi, ma‘naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari
yuzasidan o‗z fikrini bayon qila olishi
va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol
g‗oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtayi nazarga ega bo‗lishi;
tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit
tasavvurga ega bo‗lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi
hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‗z kasb faoliyatida foydalana
bilishi;
insonning
boshqa insonga, jamiyatga, atrof muhitga munosabatini
byelgilovchi huquqiy va ma‘naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga
ola bilishi;
axborot yig‗ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini
egallagan bilishi, o‗z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar
qabul qila olishi;
tegishli bakalavriat yo‗nalishi bo‗yicha raqobatbardosh umumkasbiy
tayyorgarlikka ega bo‗lishi;
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‗z ustida ishlashi va mehnat
faoliyatini ilmiy asosda
tashkil qila olishi;
bitta xorijiy tilni erkin so‗zlashuv darajasida egallagan bo‗lishi;
sog‗lom turmush tarzi va unga amal qilish zarurati to‗g‗risida ilmiy tasavvur
hamda e‘tiqodga, o‗zini jismoniy chiniqtirish uquv va ko‗nikmalariga ega bo‗lishi
kerak;
ta‘lim yo‗nalishi bo‗yicha oliy ma‘lumotli shaxslar egallashi lozim bo‗lgan
lavozimlarda mustaqil ishlashga;
tegishli bakalavr yo‗nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‗yicha
magistraturada oliy ta‘limni davom ettirishga;
kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‗shimcha kasb
ta‘limi olish uchun tayyorlanadi.