61
hududida har bir fuqaro va muassasa simli aloqa telefonlarini o‗rnatish imkoniyatiga
ega.
Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini yangi avlod texnologiyalari asosida
modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Joriy
yil davomida respublikamiz
bo‗ylab 26 ta zamonaviy kommutatsiya uskunalarining ekspluatatsiya qilinishi
telefon raqamlari sig‗imini sezilarli miqdorda oshirishga imkon berdi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning ―Xitoy Xalq
Respublikasi Davlat taraqqiyot banki ishtirokida O‗zbekiston
Respublikasi
telekommunikatsiyalar tarmog‗ini modernizatsiya qilish va investitsion loyihalarni
amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qaroriga ko‗ra
telekommunikatsiya
infratuzilmasini rivojlantirish bo‗yicha 117,6 mln. AQSh dollariga teng (shu
jumladan, Xitoy Davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 100 mln. AQSh
dollaridagi kredit vositalari hisobiga) loyihalar amalga oshirilmoqda.
6.1-rasm. Telekommunikatsiya infratuzilmaning holati