58
6-bob. INFORMATIKA FAN TARMOQLARI VA
ILMIY-TADQIQOT METODLARI
6.1. Informatika va axborot texnologiyalari yo„nalishidagi fanlar
integratsiyasi natijasida shakllangan fan tarmoqlari
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 19-
fevraldagi ―Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi farmonida quyidagilar belgilab
berilgan « Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‗rsatishning
yaxlit tizimini yaratish,
davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish
yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.
Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish
va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning
jadal
rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‗rsatishga to‗sqinlik qilmoqda.
Xususan:
birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan,
mamlakatning
olis
aholi
punktlari
telekommunikatsiya
tarmoqlari
bilan
ta‘minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog‗ining sifati aholi
ehtiyojlarini qondirmayapti;
ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga
axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali
amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari va resurslari alohida-
alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni
yagona axborot makoniga
integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda;
uchinchidan, elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing
platformalari, internet-do‗konlar, to‗lov tizimlarini, shuningdek,
logistika tizimlarini
joriy etishga yetarlicha e‘tibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik
rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi to‗xtatib turilishining sabablaridan
biri bo‗lmoqda;
to„rtinchidan, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va
axborotni muhofaza qilishni ta‘minlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan
ruxsatsiz foydalana olish, ma‘lumotlar bazalarining butunligi va
maxfiyligini buzish
imkoniyatini oshirmoqda;
beshinchidan, ko‗plab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari
tomonidan aholiga ko‗rsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish,
byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qog‗oz hujjat aylanishini kamaytirishga
qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha
e‘tibor
berilmayapti;
oltinchidan, pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya
qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini
joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeini oshirishga doir ta‘sirchan choralar
ko‗rilmayapti;
59
yettinchidan, axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalari sohasida
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-
texnologiyalar rivojlanishining tezkor sur‘atlarini hisobga olmayapti, shuningdek,
ta‘lim berishning ilg‗or uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi
ta‘lim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti;