60
amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma‘lumotlarni yig‗ish, qayta ishlash va saqlash
bo‗yicha texnologiyalarning qo‗llanishini tartibga solishda ishtirok etish;
taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining
yuqori sifatini ta‘minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari
sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo‗llash va rivojlantirish
masalalari bo‗yicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar
joriy etilishini
tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa
yo‗nalishlar bo‗yicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot
muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.»
Informatikaning asosiy vazifasi axborotni saqlash, uzatish,
qayta ishlashning
yangi usullari va vositalarini hamda informatsion texnika va texnologiyalarini
yaratish, ularni amaliyotda qo‗llash kabi muammolarni hal etishdan iboratdir.
Informatikaning asosiy yo‗nalishlari:
1. Hisoblash tizimlari va ularning dasturiy ta‘minotini yaratish.
2. Informatsiya nazariyasi: informatsiyani uzatish, saqlash, qabul qilish, qayta
ishlash bo‗lgan protsessni o‗rganadi.
3. Sun‘iy intellekt.
4. Sistemali analiz (Proyektlanayotgan tizimni analiz qilish talablari qo‗yiladi).
5. Kompyuter grafikasi.
6. Telekommunikatsiya (lokal).
7. Amaliy ilovalar.
Ilmiy tadqiqot bosqichlarini tavsiflash va tahlildan o‗tkazish, hozirgi zamon
kompyuterlashtirilgan fanining tilini tahlildan o‗tkazish, ilmiy tadqiqotning alohida
tartibi va usullarini qo‗llash mumkin bo‗lgan sohalarni aniqlash ham ilmiy bilish
metodologiyasining vakolatlari jumlasiga kiradi
32
.
Fan-bu o‗sib boruvchi bilim tizimi bo‗lib, quyidagi komponentlarni o‗z ichiga
oladi: ilmiy faktlar,
maxsus ilmiy tushunchalar, atamalar va sxemalar, g‗oyalar,
gipotezalar va nazariyalar, shuningdek fan qonunlari va ilmiy bilish metodlari.
O‗zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi oldiga Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini kompleks
rivojlantirish dasturida belgilangan loyiha va chora-tadbirlarni o‗z vaqtida bajarish
vazifasi qo‗yilgandi.