Informatika va axborot texnologiyalari yo„nalishidagi fanlarning




Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/104
Sana14.12.2023
Hajmi2,24 Mb.
#118227
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
Bog'liq
Informatika fanini uqitish metodikasi

 
6.2. Informatika va axborot texnologiyalari yo„nalishidagi fanlarning 
ilmiy-tadqiqot metodlari 
Ilmiy bilish metodlari obyektni o‗rganishning asoslangan va izchil usullari va 
qoidalaridir. Muayyan fanlarning umumilmiy, xususiy va maxsus metodlari tafovut 
etiladi. Tabiiyki, fan epistemologiyasida ularning dastlabki ikkitasi bevosita qiziqish 
uyg‗otadi.
Insonning o‗zini qurshagan olamni bilishi subyekt (inson, kishilik jamiyati) va 
obyekt (butun atrof olam yoki uning bo‗lagi)ning murakkab, dialektik jihatdan 
ziddiyatli faol o‗zaro ta‘sirga kirishish jarayoni, butun borliqning mavjudligi
rivojlanishi va o‗zgarishi qonuniyatlarining odamlar ongida aks etishidir. Hozirgi 
zamon nemis ekzistensialisti – faylasufi va germenevtigi Martin Xaydegger: «Bilish 
tadqiqot sifatida borliqni hisobot berishga chorlaydi», deb juda o‗xshatib aytgan.
Subyektning obyektni, uning tomonlari, sifatlari va xossalarini bilishi ikki 
darajada – empirik va nazariy darajalarda sodir bo‗ladi. Ilmiy bilish ham ayni holda 
bundan mustasno emas. Bilishning vazifasi va maqsadi haqiqatning tagiga etishdan
turli hodisalarni o‗rganish yo‗li bilan ularning mohiyatini, teran, barqaror va muhim 
tomonlari va jihatlarini tushunib etishdan iborat. Antik falsafada sofistlar va Suqrot 
dunyoni tushunishning bosh masalasini insonning tabiatga, subyektning obyektga, 
tafakkurning borliqqa munosabati deb ta‘riflab bergan edi.
Voqelikning hodisalari va jarayonlarini bilish jarayonida olimning tafakkuri 
hodisa haqida dastlabki taassurot, hodisani hissiy idrok etishdan hodisani, uning 
asoslari va mohiyatini yanada teran tushunish sari harakat qiladi. Amalda bu 
subyektning bilish faoliyati dastlab empirik darajada boshlanishi, shundan keyingina 
ko‗rib chiqilayotgan obyektning mohiyatini bilishning nazariy darajasida ilmiy 
umumlashtirish va tushuntirish bosqichiga ko‗tarilishini anglatadi.
Tadqiqotning empirik darajasi bevosita obyektga yo‗nal-tiriladi hamda 
kuzatishlar, tajribalar va eksperimentlarning natijalariga tayanadi.
Ilmiy tadqiqotning navbatdagi, yanada teran bosqichi nazariy darajada sodir 
bo‗ladi. Bunda subyektning aql-idroki mantiqiy mushohada yuritish, empirik 
bilimlarni teran tahlildan o‗tkazish, hodisaning barcha ikkinchi darajali va 
ahamiyatsiz tomonlarini mavhumlashtirish yordamida mazkur bilish obyektining 
mohiyatini teran tushunib etishga yaqinlashadi.


64 
Empirik bilish kuzatishdan, ya‘ni subyektning tashqi olamni maxsus tahlildan 
o‗tkazilgan, maqsadga muvofiq va anglangan tarzda, izchil idrok etishdan boshlanadi. 
Bu obyekt, uning tomonlari va xossalari haqida dastlabki, «xomaki» axborot beradi. 
Ilmiy tadqiqot kuzatishlardan boshlanadi. Kuzatuvchi mo‗ljallangan kuzatish obyekti 
haqida aniq va qat‘iy tasavvurga ega bo‗lishi, bor diqqatini obyektni kuzatishga 
qaratishi, ishga ijodiy yondashishi, kuzatuvni rejalashtirish va uni bevosita amalga 
oshirishda o‗zining bor mahorati va iste‘dodini ishga solishi kerak. Masalan, kosmik 
obyektlar, quyosh tutilishi, yulduzlar, asteroidlar va shu kabilarni o‗rganishda 
kuzatuvchi teleskop bilan qurollanishi, mikroblar, viruslar, bir hujayrali 
organizmlarni kuzatish uchun esa mikroskopdan foydalanishi shart. Kuzatish 
asboblari, uskunalari va mexanizmlari ko‗pincha olimning kuzatishga nisbatan ijodiy 
yondashuvi mahsuli bo‗lib, o‗zining murakkabligi bilan ajralib turadi. Masalan, G. 
Galiley bir xil radius va hajmli, ammo har xil materiallar (suyak, gips, bronza, temir 
va hokazo)dan yasalgan sharlarning tushishini kuzatib, jismlarning erkin tushishi 
qonunini kashf etdi va klassik mexanikaning empirik asoslarini yaratdi.
Kuzatish bilishning shunday bir metodiki, bunda subyekt (tadqiqotchi) 
obyektning tuzilishi va rivojlanishiga aralashmaydi. U tadqiqot obyekti mavjud 
bo‗lgan sharoitlarni o‗zgartirmaydi, chunki unga hech qanday ta‘sir ko‗rsatmaydi. 
Asboblar, ilmiy moslamalar va mexanizmlar olimlarga ularning kuzatishlarida 
yordam beradi hamda ehtimol tutilgan kuzatishlar doirasini kengaytiradi, masalan, 
infraqizil teleskoplar va radioteleskoplar yordamida astrofizik olimlar yulduzli 
osmonni nafaqat ko‗rinadigan holatda, balki elektromagnit to‗lqinlar doirasining 
infraqizil va radiochastotali sohalarida ham ko‗rishga muvaffaq bo‗ldilar.
Kuzatishning ilmiy bilish metodi sifatida afzalligi shundaki, u o‗rganilayotgan 
hodisaning ancha obyektiv manzarasini berishi mumkin. Ilmiy kuzatish chinakam 
ijod, haqiqiy mahorat va san‘atdir, zotan, kuzatish obyekti o‗zining barcha xossalari 
va sirlarini kuzatuvchiga oshkor etishga intilmaydi. Shuning uchun ham olim 
kuzatish jarayonida yangi, qiziqarli va hali bilinmagan narsani ko‗rish uchun o‗z aql-
idroki, xotirasi, intuitsiyasi va sezgisining bor ijodiy imkoniyatlarini safarbar etadi. 
Har bir fanda obyekt haqida imkon qadar ko‗proq haqqoniy ma‘lumotlar va faktlar 
to‗plash uchun o‗z kuzatish metodlari ishlab chiqiladi. Kuzatish jarayonida olimning 
faoliyati ikki yoqlama xususiyat kasb etadi: u obyektga nisbatan passiv, kuzatish 
jarayonini tashkil etish, buning uchun muvofiq shart-sharoitlar yaratishga nisbatan 
esa faol, ijodiy bo‗ladi.

Download 2,24 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Informatika va axborot texnologiyalari yo„nalishidagi fanlarning

Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish