53
yangi mahsulot turlarini yaratish uchun ishlanmalar natijalaridan foydalanish bilan
bog‗liq bo‗lgan mamlakatning innovatsion muhitini shakllantirish va rivojlantirish,
mahsulotlarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini yaratish va ishlatish
hamda keyinchalik bozorda joriy etish va realitsiya qilishdir.
Bugungi kunda mamlakatning innovatsion faoliyatini
baholovchi yana bir
muhim ko‗rsatkichlardan biri bo‗lgan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlanmalarga qilingan xarajatlar O‗zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotga
nisbatan
0,2 %ni tashkil etmoqda(5.1-rasm).
YuNESKO statistika institutining ma‘lumotlariga ko‗ra 2013-yilda Koreya
Respublikasida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga sarflangan
mablag‗lar yalpi ichki mahsulotga nisbatan
4,2 %ni tashkil etadi, Yaponiyada bu
ko‗rsatkich YaIMga nisbatan
3,5 %ni, Germaniyada
2,9 %ni, AQShda
2,8 %ni,
Fransiyada
2,2 %ni, Xitoyda
2,1 %ni, Buyuk Britaniya va Kanadada
1,6%ni,
Rossiya Federatsiyasida esa
1,1 %ni tashkil etmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarning
aksariyatda bu yo‗nalishga sezilarli darajada kam mablag‗lar ajratiladi.