46
mukammallashtirishda va yaratishda rus olimlarining ham xizmatlari beqiyosdir.
XVIII asr oxirlarida Ye.Yakobsonning mashinasi tayyorlandi, 1828-yilda F.M.
Slobodskiy
hisoblash vositasini yaratdi, 1846-yilda Kummer, P.L. Chebishev
mashinalari yaratildi. Peterburglik injener V. Odner tomonidan yaratilgan tishli
arifmometr hisoblash texnikasining rivojlanishida muhim rol o‗ynadi. 1873-yildan
boshlab ishlab chiqarila boshlangan bunday asboblar, shunchalik mukammal
tuzilishga ega bo‗lib, ko‗p yillar davomida o‗zgarishsiz qo‗llanib kelindi.
Bunday hisoblash mashinalari insonlarning hisoblash ishlarini yengillashtirishi
bilan birga, ularsiz mashina hisoblash ishlarini bajara olmas ham edi.
XIX asrning boshlarida ingliz matematigi Charlz
Bebbdj prinsipial yangi
turdagi hisoblash mashinasining asosini yaratdi va uning asosiy holatlari
(xususiyatlari)ni bayon qilib berdi:
1. Mashina raqamli axborotlarni saqlash uchun «ombor»ga ega bo‗lishi kerak
(hozirgi kompyuterlarda bu xotira qurilmasi).
2. Mashinada «ombor»dan olingan sonlar ustida amallar bajaruvchi qurilma
mavjud bo‗lishi kerak (Zamonaviy kompyuterlarda bu arifmetik qurilma
hisoblanadi).
3. Mashinada amallarning bajarilishi ketma-ketligini boshqaruvchi qurilma,
ya‘ni boshqarish qurilmasi bo‗lishi kerak.
Mashinada boshlang‗ich ma‘lumotlarni kiritish va hosil bo‗lgan
natijalarni
chiqaruvchi qurilmalari, ya‘ni kiritish-chiqarish qurilmalari mavjud. Bundan 150 yil
ilgari surilgan bu g‗oyalarni XIX asrda ro‗yobga chiqarib bo‗lmagan bo‗lsa-da, lekin
zamonaviy kompyuterlarda bularning barchasi o‗z aksini topgan. Bebbedj mexanik
arifmometrlar asosida shunday turdagi mashinalarni yaratishga harakat qilgan. Lekin
mexanizmlarning yo‗qligi va juda qimmatligi tufayli bu ishni oxiriga yetkaza olmadi.
XX asrning 40-50-yillarida elektronika, avtomatika va matematik mantiq
sohasida juda katta yutuqlarga erishildi, ya‘ni birinchi elektron hisoblash mashinalari
yaratildi.
1944-yilda amerikalik fizik G.Ayken loyihasi asosida avtomatik hisoblash
mashinasi Mark-1 ni yaratish bo‗yicha ishlar tugallandi.
Bu mashinada asosan
elektron mexanizmlardan foydalanilgan. Katta hajmga va og‗irlikka ega bo‗lgan bu
mashina bor yo‗g‗i 10 ta arifmometr kuchiga ega edi.
Elektron sxemalar asosida yaratilgan hisoblash mashinalari, hisoblash
texnikasini yaratishda yangi yo‗nalishlarni ochib berdi. Bu mashinalar elektron
hisoblash mashinalari (EHM) deb atala boshlandi.
1930-yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta
elektromexanik analogi – DIFFERENSIAL ANALIZATORI yaratilgan.
Ushbu
mashinada ma‘lumotlarni saqlash uchun elektron lampa-lar qo‗ullanilgan. 1941-yilda
nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo‗lib dasturlarda ishlovchi hisoblash mashinani
yaratdi. 1943-yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring
boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EHM (elektro
hisoblash mashinasi) yaratildi. 1944-yilda AQShning harbiylari uchun amerikalik
injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og‗irligi 35 tonnali EHM yaratdi.
Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob
47
bermas edi. 1946-yilda amerikali olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta birichi
universal to‗liq elektron hisoblash mashinani yaratdilar.
Ushbu mashina elektron
lampalar asosida ishlar va uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta
tezkorroq edi, lekin uning ham kamchiliklari bor edi: og‗irligi 30 tonna; uzunligi 170
kvadrat metr xonani egallar edi; tarkibida 18000 elektrolampalar bor edi; ishlash
jarayoni juda murakkab va bu mashina juda tez ishlamas edi (sekundiga 300
ko‗paytirish yoki 5000 qo‗shish amallari bajarishi mumkin edi).
Shu kamchiliklarni
bartarab qilish uchun olimlar juda ko‗p mehnat qilar edi. Birinchi EHMlar avlodi
lampali deb nomlanadi.
Elektron hisoblash texnikasining rivojlanishida amerikalik mashhur matematik