48
Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‗nalishlari
doirasida O‗z FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishga
yo‗naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Axborotlashtirish haqida (1993 yil,
may), EHM va ma‘lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqida
(1994-yil, may) qonunlar shular jumlasidandir.
O‗zR FTDQ Axborotlashtirish haqida Qonunning
qoidalarini bajara borib,
1994-yil dekabrida Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasini axborotlashtirish
konsepsiyasini ma‘qulladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsad va unda quyilgan
masalalar qo‗yidagilardan iboratdir:
milliy axborot-hisoblash to‗rini yaratish;
axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me‘yoriy
hujjatlarini yuritish;
axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;
informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
axborotlar
texnologiyasi
sohasidagi
fundamental
tadqiqotlarni
rao‗batlantirish va qo‗llab-quvvatlash;
informatika
vositalari
foydalanuvchilarini
tayyorlash
tizimini
muvofiqlashtirish.
Konsepsiyaning
asosiy
qoidalari
hisobga
olingan
«O‗zbekiston
Respublikasining axborotlashtirish dasturi» ishlab chiqildi.
U uch maqsadli dasturni
o‗z ichiga oladi:
a) milliy axborot-hisoblash tarmog‗i;
b) EHMni matematik va dasturiy ta‘minlash;
d) shaxsiy kompyuterlar.
Mazkur dasturda vazirlik va mahkama axborot tarmoqlari, Milliy axborot -
hisoblash tarmog‗ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab
chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni
takomillashtirish, hujjatlashtirishning me‘yoriy-uslubiy va
huquqiy tizimini yaratish
va boshqalar joy olgan.
O‗zbekiston axborot texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish uchun talay
intellektual imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o‗rta
maxsus o‗quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa,
dasturiy va axborot ta‘minoti, axborot tizimlar bo‗yicha malakali xodimlar
ishlamoqda.
Buning yorqin dalili sifatida 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ni, O‗zbekiston Respblikasi Oliy Majlisining ikkinchi
chaqiriq V sessiyasida ko‗tarilgan masalalar yuzasidan 2001-yil 23-mayda
Vazirlar
mahkamasining «2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini
ta‘minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi
Qarorini va 2001-yilning may oyida respublikamizda birinchi marta o‗tkazilgan
Internet festivalini aytib o‗tish mumkin.
XXI asrda oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarining bitiruvchilari yangi
sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo‗lishlari lozim. Shu
49
sababli Respublikamizda ta‘lim sohasida ham, boshqa
sohalardagi kabi katta
o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiy
kibernetikani
rivojlantirishda
akademik
S.S.
G‗ulomov
boshchiligidagi bir guruh olimlar olib borayotgan izlanishlar diqqatga sazovordir.
Zero, akademik V.Q. Qobulov aytganidek, «Iqtisodiy kibernetika-mashina
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‗rganadigan
yangi fanga aylanmoqda».