43
Kompyuterli ta‟limda bilish faoliyatini faollashtirish tamoyili amal qilishi
lozim. Chunki ta‘lim jarayoni sifati va samaradorligini oshirish o‗quvchilarning
bilish faolligini oshirish bilan uzviy bog‗liq. Shu bois ta‘lim jarayonida bilish
faolligini oshirish masalalari
yetakchi psixolog-pedagog, uslubchi olimlar (Yu.K.
Babanskiy, A.M. Matyushkin, M.N. Skatkin, N.F. Talizina va boshqalar)ning
ishlarida o‗z aksini topgan. Ularda ta‘lim jarayonida bilish faolligini oshirishning turli
shart-sharoitlari, usullari,
vositalari, omillari, bosqichlari tahlil qilingan va tegishli
ilmiy-amaliy taklif va mulohazalar berilgan.
O‗quvchi o‗rganilgan bilimlarni yangi sharoitlarga ko‗chirsa,
mavzuga ijodiy
yondashsa, unda faoliyatning evristik layoqati-topqirlik rivojlanadi. Natijada
o‗quvchida produktiv faoliyat rivojlanadi va o‗quv faoliyati ijodiy xarakter kasb
etadi.
Shu bois
kompyuterli ta‟lim mazmunida izlanishga o„rgatish tamoyili
doimiy
amal qilishi lozim. Buning uchun kompyuter keng imkoniyatlarga ega.
Masalan, ekrandagi matnda yangi tushunchalar, oldingi mavzularda o‗rganilgan
asosiy tushunchalarni
alohida ajratib berish, matnli fayl, tasvir fayli va hatto
dasturlarni gipermatn tarzida ifodalash mumkin. Bundan tashqari o‗quvchilarni
muammo-izlanishli faoliyatni egallashga o‗rgatuvchi
maxsus mashqlardan ham
foydalanish kerak. Shu tarzda kompyuterni ta‘lim jarayonida qo‗llash o‗quvchi
dunyoqarashini kengaytirish, shaxsi va fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi.